Abbie Mary McManus (; 1993-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Angliya ayollar superligasining „Leicester City“ klubida va Angliya ayollar terma jamoasida himoyachisi sifatida oʻynaydi. 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoada Angliyani himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyat davri va Manchester City Prestvichda tugʻilgan McManus akasi Scott bilan futbol oʻynashni boshlagan. U oʻgʻil bolalar jamoasiga, keyin Bury Girls jamoasiga qoʻshildi va u yerda 2008-yilda 16 yoshgacha boʻlganlar orasida eng yaxshi futbolchi deb topildi. FA Ayollar Premer-ligasi Nothern Divizion klubi Manchester City bilan shartnoma imzoladi va 2011-12-yillarda Ligada gʻolib chiqishdi.

Sheffield FK 2013-yil avgust oyida McManus „Sheffield“ klubiga oʻtdi va klubdagi bir mavsumda 13 ta oʻyinda maydonga tushdi, Sheffild Angliya Premer-ligasi Shimoliy liga chempionligini qoʻlga kiritdi.

Manchester Cityga qaytish Shayx Mansur tomonidan homiylik qilingan „Manchester City“ 2014-yilda FA WSL franshizasi uchun muvaffaqiyatli taklif qilganida, McManus klubga qaytdi. 2014-yilning may oyida „ Etihad Stadium“da Evertonga qarshi oʻyinda „Manchester City“ safida debyut qilgan. Klubdagi birinchi golini 2014-yilgi WSL kubogida "Liverpool "ga qarshi oʻyinda kiritdi. Jamoa finalda „Arsenal“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, WSL kubogini qoʻlga kiritdi.

2015-yil aprel oyida u 2015-16-yilgi Angliya ayollar kubogida ishtirok etdi. „Manchester City“ yarim finalda „Chelsea“ga magʻlub boʻldi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/82/20171004_UWCL_SKNMCW_6574.jpg/220px-20171004_UWCL_SKNMCW_6574.jpg|thumb| McManus (pastki qator, markazda) UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi doirasidagi Manchester City va SKN Sent-Poelten oʻrtasidagi oʻyin oldidan, 2017-yil oktyabr 2016-yil avgust oyida toʻpigʻidan jarohat oldi va bu unga FA WSL 2016 mavsumining qolgan qismida oʻynashga toʻsqinlik qildi. 2016-yilning dekabrida u yana „Manchester City“ bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilda UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi debyutini „Manchester City“  „Fortuna Hjørring“ ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda oʻtkazdi. Abbie 2018-yilning iyun oyida „Manchester City“ bilan shartnomasini uzaytirishga rozi boʻldi.

Manchester United 2019-yilning 17-may kuni McManus jamoada jami 12 yil oʻtkazganidan keyin „Manchester City“ni tark etishini eʼlon qildi. Bir hafta oʻtgach esa 2019-20-yilgi mavsum oldidan „Manchester United“ klubiga oʻtishi eʼlon qilindi. McManus 2019-yil 7-sentyabr kuni FA WSL doirasida „Manchester City“ga qarshi „Manchester United“ safida debyut qildi, ilk Manchester derbisida 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Abbie klubdagi ilk golini 2020-yil 15-yanvarda Liga kubogi chorak finalida „Brighton & Hove Albion“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida urdi. 2020/21-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin „United“ni tark etdi.

„Tottenham“ga ijara 2021-yil 21-yanvarda McManus mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Tottenham“ga oʻynadi.

Leicester City 2021-yil 27-iyulda McManus FA WSLdagi birinchi mavsumi oldidan Ligaga yangi koʻtarilgan Leicester City bilan shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati 2018-yil fevral oyida McManus Asda supermarketida tuxum sotib olayotganida telefon qoʻngʻirogʻi boʻldi va unga Angliya terma jamoasiga birinchi chaqiruvi haqida xabar berishdi. Turnirning ochilish oʻyinida, Fransiya ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda McManus 14-daqiqada Anita Asantening oʻrniga maydonga tushdi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/07/England_Women_0_New_Zealand_Women_1_01_06_2019-1086_%2847986460327%29.jpg/220px-England_Women_0_New_Zealand_Women_1_01_06_2019-1086_%2847986460327%29.jpg|thumb| McManus (chapda) 2019-yil iyun oyida Angliya terma jamoasida U Angliya terma jamoasining 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtirokidagi oʻz oʻrnini saqlab qoldi.

2019-yil fevral oyida McManus oʻzining ketma-ket ikkinchi SheBelievesga chaqirildi va ikki oʻyinda maydonga tushdi, Angliya birinchi marta turnirda gʻolib chiqdi.

2019-yil iyun oyida McManus Angliya terma jamoasining 2019-yilda Fransiyada boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibidan joy oldi. Uchta oʻyin oʻtkazdi, Angliya yarim finalga chiqdi.

Shaxsiy hayoti Abbiening akasi Skott McManus ham futbolchi boʻlib, oxirgi marta ligada boʻlmagan Coalville Town jamoasida oʻynagan.

Abbiening doʻsti — GB milliy gandbolchisi va sobiq London 2012 Olimpiadachisi Holly Lam-Moores.

Faoliyat statistikasi

Klublarda . +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaFA kubogiLiga kubogiYevropaJamiLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarManchester City2009-10WPL Northern1200010—1302010-112020000—2022011-121820010—1922012-13WPL National1720030—202Jami6760050—726Sheffield FC2013-14WPL Northern1310030—161Manchester City2014WSL 11200061—1812015700050—12020169030000012020173000—40702017-181621070803222018-19WSL130105020210Jami602502311401023Manchester United2019-20WSL1101061—1812020-21500021—71Jami160108200252Tottenham Hotspur2020-21WSL1002000—120Leicester City2021-22WSL1912030—241Jami faoliyati1851010042314025113

Yutuqlari

Klub

FA Ayollar Premer-ligasi Shimoliy divizioni : 2011-12 FA WSL : 2016 FA Ayollar kubogi : 2016-17, 2018-19 FA WSL kubogi : 2014, 2016, 2018-19

Sheffild

FA Ayollar Premer-ligasi Shimoliy divizioni : 2013-14

Xalqaro Angliya

SheBelieves kubogi: 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik ayol futbolchilar