Metallurg Olmaliq ( – Sovet Ittifoqi davrida tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol klubi. Metallurg jamoasi 1966-yilda Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida tashkil etilgan. 1966—1988, 2003, 2008—2009 yillarda professional klub sifatida faoliyat olib borgan. 2010-yildan jamoa Toshkent viloyati havaskorlar chempionatida ishtirok etmoqda.

Tarixi 1966—1969-yillarda SSSR chempionatining „B“ toifasida, 1970—1986-yillarda Oʻzbekiston SSR chempionatida, 1987—1988-yillarda esa SSSR chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan.

3 marta (1965/66, 1966/67 va 1967/68 yilgi mavsumlarda) SSSR kubogida ishtirok etib, turnirni dastlabki bosqichidayoq tark etgan.

Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etgan. 2003, 2008 va 2009-yillarda esa Oʻzbekiston Ikkinchi ligasining final bosqichida oʻynagan.

Stadioni Klub uy uchrashuvlarini 1960-yilda qurilgan va 11 000 tomoshabinga moʻljallangan shu nomdagi „Metallurg“ Olmaliq stadionda oʻtkazgan.

Yana qarang

AGMK Kimyogar (futbol klubi, Olmaliq)

Havolalar

Wildstat.ru saytidagi maʼlumotlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Toshkent viloyati futbol klublari Turkum:2003-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:2003-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:1988-yilda tugatilgan futbol klublari Turkum:SSSRda faoliyatini toʻxtatgan futbol klublari Turkum:Oʻzbekistonda faoliyati tugatilgan futbol klublari Turkum:Olmaliq futbol klublari