Joanna Gleason (; 1950-yil 2-iyunda tugʻilgan) – kanadalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Tony mukofotiga sazovor boʻlgan musiqali teatr aktrisasi, shuningdek, bir qator taniqli kino va televidenie rollarini ijro etgan aktrisadir. Joanna Stephen Sondheimning Into the Woods musiqiy filmida Bakerning xotini rolini ijro etgani bilan tanilgan. Aktrisa, shuningdek, Mike Nicholsning Heartburn (1985), Woody Allenning Hannah and Her Sisters (1986) hamda Crimes and Misdemeanors (1989) va Paul Thomas Andersonning Boogie Nights (1997)filmarida ham oʻzini namoyish etgan. U Friends, The West Wing, The Good Wife hamda The Affair kabi televizion seriallarda ham turli rollarni ijro etgan.
Yoshligi Joanne Hall Kanadaning Vinnipeg shahrida televizion produser va qiziqarli shoular boshlovchisi Monty Hall va uning rafiqasi Marilyn Hall (; er-xotin 2017-yilda vafot etgan) oilasida tugʻilgan uch nafar farzandning biridir. U tugʻilganda otasi Kanada bugʻdoy kengashida faoliyat olib borgan va familyasini Halparindan Hollga oʻzgartirgan. Keyinchalik, otasining televideniyedagi faoliyati boshlanadi va Let's Make a Deal boshlovchisi sifatida shuhrat qozonadi.
Faoliyati Gleason aktrisalik faoliyatini televideniyeda boshlagan boʻlsa-da, u sahna va musiqali teatr faoliyati bilan mashhurdir. U Broadwaydagi debyutini 1977-yilda I Love My Wife filmida amalga oshirgan. Buning uchun u Teatr olami mukofotiga ham sazovor boʻlgan. Broadwaydagi qoʻshimcha shartnomalari qatoriga Tom Stoppardning The Real Thing, Peter Nicholsning A Day in the Death of Joe Egg, Nick & Nora, Into the Woods, Dirty Rotten Scoundrels hamda The Cartells kabi musiqiy asarlari kiradi. Bu kabi filmlari uchun aktrisa bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan, Into the Woodsdagi Bakerning turmush oʻrtogʻi roli uchun Tony mukofoti bilan taqdirlangan.
Shaxsiy hayoti Glison uch marta turmushga chiqqan. U, dastlab, aktyorlik murabbiyi Paul G. Gleasonga (aktyor Paul X. Gleason emas, balki Paul Gleason nomi ostida tanilganiga) turmushga chiqdi. Aktrisa familiyasini professional ravishda saqlab qoldi, garchi ular 1982-yil 28-iyunda Nevada shtatida ajrashgan boʻlishsada. Keyinchalik, Michael Bennahum bilan oila qurdi. Gleasonning birinchi turmushidan Aaron David Gleason ismli bitta farzandi bor. Gleasonning ukalari televizion ssenarist/rejissor Sharon Hall Kessler va Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan rejissor Richard Halldir.
Filmografiyasi
Filmlarda Yil Sarlavha Rol Izohlar1986 Hannah and Her Sisters Carol 1986 Heartburn Diana 1989 Crimes and Misdemeanors Wendy Stern 1991 F/X2 Liz Kennedy 1995 Mr. Holland's Opus Adult Gertrude 1996 Edie & Pen Maudie 1997 American Perfekt Shirley 1997 Boogie Nights Dirk’ning onasi 1997 Road Ends Armacost 1999 Let the Devil Wear Black Dr. Rona Hackley 2001 The Wedding Planner xonim Donolly 2006 Wedding Daze Lois 2007 The Girl in the Park Sarah 2008 Sex and the City Therapist 2008 My Sassy Girl Kitty/Sally xola 2008 The Women Barbara 2009 The Rebound Roberta Finklestein 2013 Last Vegas Miriam Harris 2014 The Skeleton Twins Judy
Mukofotlar va nominatsiyalari YilMukofotTurkumSarlavhanatija1985Tony AwardBest Featured Actress in a PlayA Day in the Death of Joe Egg 1988Best Actress in a MusicalInto the Woods 2005Best Featured Actress in a MusicalDirty Rotten Scoundrels 1985Drama Desk AwardOutstanding Featured Actress in a PlayJoe Egg 1986Itʼs Only a Play Social Security 1988Outstanding Featured Actress in a MusicalInto the Woods 2005Outstanding Featured Actress in a MusicalDirty Rotten Scoundrels 1988Outer Critics Circle AwardsOutstanding Actress in a MusicalInto the Woods 2005Outstanding Featured Actress in a MusicalDirty Rotten Scoundrels 2012Outstanding Featured Actress in a PlaySons of the Prophet 1977Theatre World Award I Love My Wife
Manbalar
Havolalar
TonyAwards.com Joanna Gleason bilan intervyu BroadwayWorld: Holtzmanning „Something You Did“ filmi Gleason bilan Broadwaydan tashqarida premyera qilindi.
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanadalik aktrisalar