Kim Ji-Yeon (; 1995-yil 19-avgustda tugʻilgan), Bona nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreya-Xitoy qizlar guruhi WJSN aʼzosi. U KBS2 telekanalidagi Hit the Top (2017) dramasida aktyorlik debyutini qilgan va Girls’ Generation 1979 (2018) oʻsmirlar dramasida ayol bosh rolini ijro etgan. Bona tvN telekanalining Twenty-Five Twenty-one (2022) dramasida jahon chempioni va oltin medal sohibi boʻlgan qilichboz Ko Yu-rim obrazi bilan tan olingan.

Yosgligi va taʼlimi Bona 1995-yil 19-avgustda Janubiy Koreyaning Daegu shahridagi Dalseo tumanida tugʻilgan„우주소녀 보나, 인스타그램 속 청량한 가득한 일상…'나이-본명 눈길'“. Topstarnews (in Korean). June 26, 2019. Retrieved January 27, 2020.„대구 토박이 '부심'들게 만드는 대구 출신 미모의 아이돌 6인“. . U Dongguk qizlar oʻrta maktabini tamomlagan. 

Faoliyati

Debyut oldidan Bona Starship Entertainmentga qoʻshilishdan oldin Cube Entertainment kompaniyasida stajyor boʻlgan va 2013-yilda ular bilan birga mashgʻulot oʻtkazgan. 

2016-yildan hozirgi kungacha: WJSN bilan debyuti va yakkaxon faoliyati U 2015-yil 15-dekabrda WJSN va uning Wonder Unit aʼzosi ekani maʼlum boʻldi va ular bilan 2016-yil 25-fevralda oʻzining Would You Like? debyut mini-albomi va „MoMoMo“ singlini chiqargan.

2017-yilda u KBS2 ning Hit the Top dramasida aktyorlik debyutini qilgan va Girls' Generation 1979 oʻsmirlar dramasida ayol bosh rolni ijro etgan. U 2018-yilda Your House Helper filmidagi ikkinchi bosh rolidan oldin Radio Romance-da kameo rolini ijro etgan. Bona Law of the Jungle in Northern Mariana Islands filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshilgani maʼlum.

2020-yilda Bona KBS2ning Homemade Love Story dramasiga Lee Hae-deun rolida paydo boʻlgan. U serialdagi roli uchun 2020-yilgi KBS Drama Awardsda „Eng yaxshi yangi aktrisa“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan.

2022-yilda Bona tvN-ning Twenty-Five Twenty-one dramasida Kim Tae-ri va Nam Joo Hyuk bilan birga jahon chempioni va oltin medal sohibi boʻlgan qilichboz roli bilan mashhur boʻldi. Drama televideniye tarixidagi eng yuqori baholangan koreys dramalaridan biriga aylandi.

Twenty-Five Twenty-one filmini suratga olish tugatilgandan soʻng, Bona Mnet tanlovining Queendom shousining uchinchi bosqichida WJSNga qoʻshildi, natijada guruh 2022-yil iyun oyida gʻalaba qozondi.

Diskografiyasi

OST koʻrinishlari +NomYilPeak chart positionAlbomKORGaon"With": Hot"With": "With" 20224054Twenty-Five Twenty-One OST

Filmografiyasi

Teleserial YilNomRolIzohlar2017Hit the TopDo Hye-riGirls' Generation 1979Lee Jung-hee2018Radio RomanceDJ JayKameoYour House HelperIm Da-young2020-2021Homemade Love StoryLee Hae-deun2022Twenty-Five Twenty-OneKo Yu-rim

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Aktrisalar