Li Chae-rin (1991-yil 26-fevralda tugʻilgan), CL nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik reper, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. Janubiy Koreyaning Seul shahrida tugʻilgan Chae-rin hayotining koʻp qismini Yaponiya va Fransiyada oʻtkazgan.

Faoliyati CL oʻn besh yoshida "YG Entertainmentga" qoʻshilishdan oldin "JYP Entertainmentda" mashq qilgan. U 2009-yilda "2NE1" qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilib shuhrat qozongan va barcha davrlarning eng koʻp albomi sotilgan qizlar guruhidan biriga aylangan. Yakkaxon ijrochi sifatida CL 2013-yil may oyida „The Baddest Female“ singli bilan debyut qilgan va 2014-yilning fevral oyida "2NE1"ning Crush soʻnggi studiyaviy albomining bir qismi sifatida „MTBD“ yakkaxon trekini chiqaradi.

Guruhning 2015-yil oxiridagi tanaffusidan soʻng, CL „Hello Bitches“ (2015) va „Lifted“ (2016) mustaqil singllarini chiqarish bilan yakkaxon faoliyatini davom ettiradi. Uning oxirgi singli CLni Billboard Hot 100 roʻyxatiga joylashtirgan birinchi koreys yakkaxon ijrochisi boʻlishiga olib kelgan. 2016-yil noyabr oyida "YG 2NE1" guruhini ikki yillik tanaffusdan soʻng tarqatib yuborishini eʼlon qiladi va CL keyinchalik leybl ostida faoliyatini davom ettiradi. 2019-yil dekabr oyida "YG"dan ketganiga koʻp oʻtmay, u avvalgi „Lifted“ singlidan keyin uch yil davomida yozilgan oltita trekdan iborat In the Name of Love (2019) yakkaxon EP mini-singl loyihasini chiqargan. Uning Alpha debyut studiyaviy albomi 2021-yil oktyabr oyida chiqqan.

Musiqa uslublari va jonli ijrolari boʻyicha tajribalar bilan tanilgan CL Koreya toʻlqinining xalqaro tarqalishida taʼsirli shaxs sifatida qabul qilinadi. Musiqa sohasidan tashqari, u koʻplab jahon nashrlari tomonidan uslub belgisi sifatida tan olingan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/9/9e/CL_HelloBitches_Profile_200px.jpg|left|thumb| 2015-yilda „Hello Bitches“ uchun albom surati|148x148px 2021-yil fevral oyida "Taco Bell" uchun reklama modeli sifatida paydo boʻlgach, CL Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi televideniye reklama roliklarida ishtirok etgan Janubiy Koreyalik birinchi ayol yakkaxon ijrochisi boʻlgan. Oʻsha may oyida CL "Nike" Koreyaning „Play New“ reklama kampaniyasining yuziga aylangan, uning maqsadi sport madaniyatini yoritish va odamlarni yangi sport maqsadlari sari ilhomlantirishdir. Iyun oyida shotland viskisining jahondagi yetakchi distribyutori Johnnie Walker uni Koreya va Osiyodagi boshqa bozorlarga chiqarish doirasida brendning „Keep Walking“ kampaniyasining global elchisi sifatida tanishtirgan.

Filmografiyasi

Film + Yil Nom Rol Izohlar 2018 Mile 22 Qirolicha Kameo

Telekoʻrsatuvlar YilNomRolIzohlar2021DaveOʻziKameo; Mavsum: 2, Epizod: 1Super Band 2ProduserStreet Woman FighterOʻziMavsum: 1, Epizod: 9

Diskografiyasi Alpha (2021)

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayt

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar