Luis Ernesto Peres Gomes () (1981-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi va hozir murabbiylik bilan shugʻullanadi.
Klubdagi faoliyati Peres 1999-yil Invierno mavsumida Nekaxa bilan Primeroda debyut qilgan va oʻzining birinchi oʻyinini 21-sentabr kuni „Santos Laguna“ga qarshi (3:1) oʻtkazgan. Peres mavsumda 11 oʻyin oʻtkazgan holda yakunlagan va keyingi yil boshida asosoiy tarkibdan mustahkam joy olgan. Peres mavsum yakunida turnirning eng yaxshi yangi oʻyinchisi deb topilgan. Peres keyingi toʻrt yilni Necaxa bilan oʻynagan, koʻpchilikni hayratda qoldirib, Monterreyga Clausura 2003 mavsumida sotib yuborilgan va u Monterrey bilan chempionlikni qoʻlga kiritgan. Chempionat mavsumida Peres 23 oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
2009-yilda u va uning jamoasi Mexiko shahridagi Estadio Azul stadionida Cruz Azulni magʻlub etib, Apertura 2009 turnirida gʻalaba qozonganida, u sardorlik bogʻichini taqib jamoani maydonga olib tushgan. Chempionat mavsumida Peres 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u 2010-yilda Monterrey bilan InterLigada gʻolib chiqgan va penaltilar seriyasida Americani magʻlub etgan, bu esa Monterreyni 2010-yilda Libertadores kubogi saralashiga olib chiqgan. Iyun oyida u Monterrey murabbiyi va Chivas sport direktori Mishel Leanyo oʻrtasidagi kelishuvga koʻra Gvadalajaraning futbolchisiga aylangan. 7-iyul kuni u Gvadalajara tarkibida birinchi golini urgan.
2016-yilning 13-dekabrida Peres professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati Peres 1998-yilning 17-noyabrida Los-Angelesda Salvadorga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kattalar terma jamoasida debyut qilgan. Uning birinchi rasmiy turniri 2001-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi boʻlib, unda Meksika hech qaysi oʻyinda gʻalaba qozona olmagan. Peres jamoa safida 2003-yilda Oltin kubokda ishtirok etgan va 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida U-23 jamoasi tarkibiga kiritilgan. Peres 2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida maydonga tushgan.
Murabbiylik faoliyati Faoliyatini tugatgandan soʻng, Peres Ispaniyaning Tersera Divizionida CD Toledoning yordamchi murabbiyi boʻlgan.
2020-yil avgust oyida Marko Antonio Ruiz ketganidan soʻng Peres 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyinlar Gollar Meksika 1998 2 0 2000 3 1 2001 1 0 2003 11 0 2004 8 3 2005 20 3 2006 9 1 2008 10 0 2009 2 0 2011 2 0 2012 1 0 Jami 69 8
Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.7.06.2000 Cotton Bowl, Dallas, Amerika Qoʻshma Shtatlari 2 — 0 4-0 2000-yil Nike AQSh kubogi 2.17.11.2004 Estadio Tecnologico, Monterrey, Meksika 2 — 0 8-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 3.17.11.2004 Estadio Tecnologico, Monterrey, Meksika 4 — 0 8-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4.17.11.2004 Estadio Tecnologico, Monterrey, Meksika 8 — 0 8-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 5.8.06.2005 Estadio Universitario, San-Nikolas, Meksika 2 — 0 2-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 6.7.09.2005 Estadio Azteca, Mexiko, Meksika 1 — 0 5-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 7.26.10.2005 Estadio Xalisko, Gvadalaxara, Meksika 3 — 1 3-1Oʻrtoqlik 8.26.01.2006 Monster Park, San-Fransisko, Amerika Qoʻshma Shtatlari 2 — 1 2-1Oʻrtoqlik
Yutuqlar
Futbolchi Monterrey
Meksika Primerasi : Klausura 2003, Apertura 2009, Apertura 2010 CONCACAF Chempionlar Ligasi : 2010—2011, 2011—2012
Meksika U23
CONCACAF Olimpiya saralash chempionati : 2004-yil
Meksika
CONCACAF Oltin kubogi : 2003-yil
Shaxsiy yutuqlar
Meksika Primera divizioni turnirning yangi oʻyinchisi: Invierno 1999 Meksika Primera Divizioni Turnirning hujumkor yarim himoyachisi: Klausura 2003, Apertura 2005 Meksika Primera divizioni turnirining eng yaxshi yarim himoyachisi: Apertura 2010 CONCACAF Oltin kubogi eng yaxshi oʻyinchisi: 2005-yil
Murabbiy Meksika U20
Revelations kubogi : 2021
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar