Jun Hyo-seong (1989-yil 13-oktyabrda tugʻilgan) Hyoseong yoki Hyosung nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
Faoliyati 2005-yilda u „Mnet“ telekanalining „Battle Shinhwa“ musobaqasi finalchisi boʻlgan, bu esa uning „Good Entertainment“ kompaniyasi bilan ovoz yozish shartnomasini imzolashiga olib kelgan. 2007-yilda u „Five Girls“ guruhida G.NA, „Wonder Girls“ guruhidan Yubin, „After School“ guruhining aʼzosi Uee va sobiq „T-ara“ va sobiq „Spica“ aʼzosi Yang Jiwon bilan debyut qilishi kerak edi, biroq, kompaniyaning moliyaviy muammolari tufayli guruh debyut qilishdan oldin tarqalib ketgan. Keyinchalik Hyoseong „TS Entertainment“ tomonidan „SBS MTV“ telekanalida efirga uzatilgan „Diary of Five Girls“ deb nomlangan shou orqali kompaniyada stajyor sifatida ikki yil ishlagan. 2009-yilda u Song Jieun, Han Sun-hwa va Jung Hana bilan toʻrt aʼzodan iborat „Secret“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilggan. Hyoseong 2014-yilda yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/Group_Secret.jpg/240px-Group_Secret.jpg|left|thumb|240x240px| 2010-yilda 2010-yil aprel oyida „Secret“ oʻzining „Secret Time“ nomli birinchi mini albomini chiqargan, u „Magic“ singlini yaratgan. 2010-yil avgust oyida guruh „Madonna“ nomli ikkinchi mini albomini chiqardilar va titul treki muvaffaqiyatini davom ettirgan, chunki u Gaon Single Chart roʻyhadidan birinchi oʻrinni egallagan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/46/Secret_from_acrofan.jpg/220px-Secret_from_acrofan.jpg|right|thumb| 2011-yil fevral oyida Secret guruhi 2011-yil 23-noyabrda Hyoseong yotoqxonadan chiqayotganda zinadan yiqilib, jarohat olgan. Oʻng oyogʻining yuqori qismini sindirgan baxtsiz hodisa uning Secret bilan reklama faoliyatini toʻxtatgan.
Manbalar
Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar