Kwon So-hyun (1994-yil 30-avgustda tugʻilgan), shuningdek, Sohyun nomi bilan ham tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U „Cube Entertainment“ ostida Janubiy Koreyaning „4Minute“ qizlar guruhining aʼzosi sifatida tanilgan. U Janubiy Koreyaning „Orange“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi. 2016-yilning 15-iyunidan oldin (Cub bilan shartnomasi tugagan) Kwon aʼzolar Nam Ji-xyun, Xeo Ga-Yun va Chjon Ji-Yun bilan birga „4Minute“ guruhini va leyblini tark etgan.
Faoliyati 2009-yil iyun oyida Kwon „Cube Entertainment“ ostida „4Minute“qizlar guruhining eng yosh aʼzosi sifatida „Hot Issue“ singli bilan debyut qilgan.
„4Minute“ aʼzosi boʻlishdan tashqari, Kwon televizorda kichik epizod rollarini ijro etgan va bir nechta estrada shoularida ishtirok etgan. Kwon „Teen Top“ guruhining „Going Crazy“ klipida rol oʻynagan, u yerda u L.Joning sevgilisi rolida suratga tushgan. Shuningdek, u Koreyaning „TrendE“ kabel kanalida namoyish etilgan „Pink News“ hujjatli filmida „2AM“ guruhining aʼzosi Jinwoon bilan birga mashhur mehmonlardan biri boʻlgan.
Kwon „Weekly Idol“ koʻrsatuvi „Maxsus boshlovchi“ sifatida tanlangan. Keyinchalik u „BtoB“ guruhi aʼzosi Ilhoon bilan birga epizodlardagi rolini takrorlagan.
2014-yil 17-dekabrda Kwon G.NA, „After School“ guruhidan Lizzy va „Kara“ guruhidan Youngji bilan birgalikda Hyung Don va Defconning loyihasi boʻlgan "Hitmaker" guruhida ishtirok etishi maʼlum boʻlganG.NA, Lizzy, So-hyun, and Youngji team up as 'Hitmaker’s first project girl group'Hitmaker’s first project girl group G.NA, Lizzy, So-hyun, and Youngji reveal MV teaser!.
„4Minute“ tarqatib yuborilgach, Kwon „Cube Entertainment“ni tark etgan va „935 Entertainment“ga qoʻshilgan. U uch yildan soʻng „TheCNT“ kompaniyasiga oʻtgan. U „Criminal Minds“ filmida jabrlanuvchi sifatida kameo rolini ijroe tgan va „The secret Life of My Secretary“ romantik komediyasi va „Class of Lies“ trillerida yanada muhim rollarni ijro etgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar