Miguel Anxel Zepeda Espinoza (1976-yil 25-mayda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynaganhttps://www.linkedin.com/in/miguelzepeda.
Faoliyati Zepeda professional debyutini 1996-yil 13-noyabrda Chivasga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan. U faoliyatining katta qismini 1996-yildan 2001-yilgacha Atlas bilan oʻtkazgan. Invierno 2001da u Cruz Azulga oʻtgan. Cruz Azul Zepeda bilan 4 ta turnir oʻtkazgan. 2003-yilda Aperturada Zepeda Monarkas Moreliya jamoasiga oʻtgan va u yerda muvaffaqiyat qozona olmagan. 2004-yilda Klausurada Zepeda Toluca jamoasiga oʻtgan. Zepeda Cruz Azul bilan yana ikki mavsumga shartnoma imzolagan (Apertura 2004), (Clausura 2005). Keyinchalik u Santos Lagunaga oʻtgan, ammo u yerda unchalik muvaffaqiyat qozona olmagan. Zepeda 2006-yilgi KONKAKAF kubogida Cruz Azul jamoasi tarkibida harakat qilgan. Mavsum oxirida Zepeda Sent Luis jamoasi bilan shrtnoma imzolagan. Jamoada ishlari yurishmagach Atlas jamoasi tarkibiga qaytganhttps://www.transfermarkt.world/miguel-zepeda/profil/spieler/50867. Zepedani muhlislar Atlasdagi o'yinlari bilan yaxshi eslashadi.
Xalqaro faoliyat Zepeda Meksika terma jamoasida oʻynagan. Uning debyuti 1999-yilning fevral oyida Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlgan. U 1999-yilgi Konfederatsiyalar kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan, u finalda Braziliya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ikkita gol urgan va shu tariqa butun turnirda 2 ta gol kiritgan. Zepeda Meksika terma jamoasi bilan 2003-yilda Oltin kubokni qoʻlga kiritgan.
Yutuqlar Meksika
FIFA Konfederatsiyalar kubogi : 1999-yil KONKAKAF Oltin kubogi : 2003-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar