Roberto Mancini (; 1964-yil 27-noyabrda tugʻilgan) — sobiq italiyalik futbolchi, ayni damda Qatarning Al-Sadd klubi bosh murabbiyi.
Futbolchi sifatida Manchini ikkinchi hujumchi (deep-lying forward) pozitsiyasida oʻynagan va „Sampdoria“dagi faoliyati bilan mashhur boʻlgan. U bu klub safida 550 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, jamoaning oʻz tarixidagi ilk A Seriya chempionligini, toʻrtta Italiya kubogi va Yevropa Kubok Gʻoliblari Kubogini qoʻlga kiritishiga yordam bergan. Italiya terma jamoasi safida 36 marta maydonga tushgan va UEFA Yevro-1988 hamda 1990-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etgan. Har ikkala turnirda ham jamoasi bilan yarim finalgacha yetib borgan, biroq 1990-yilgi musobaqada birorta oʻyinda maydonga tushirilmagan. 1997-yilda, „Sampdoriya“dagi 15 yillik faoliyatidan soʻng, Manchini klubni tark etib, „Lazio“ safiga qoʻshilgan va u yerda yana bir skudetto hamda Kubok Gʻoliblari Kubogini, shuningdek, UEFA Superkubogi va yana ikkita Italiya kubogini qoʻlga kiritgan. U Gianluigi Buffon bilan birga Italiya kubogini eng koʻp (6 marta) yutgan futbolchi hisoblanadi. Futbolchilik davrida Manchini koʻpincha tanaffus vaqtida jamoadoshlari bilan suhbatlashib, ularni ruhlantirib turardi. Oʻyinchi sifatidagi faoliyatining soʻnggida u „Latsio“da Sven-Göran Erikssonga yordamchi boʻlib ishlagan.
Uning murabbiylikdagi ilk faoliyati 2001-yilda, atigi 36 yoshida „Fiorentina“da boshlandi va u jamoasi bilan Italiya kubogini qoʻlga kiritdi. Keyingi mavsumda esa „Latsio“ jamoasini boshqarib, klubni yana bir bor Italiya kubogi sohibi boʻlishiga yordam berdi. 2004-yilda Manchiniga „Inter Milan“da murabbiylik qilish taklif etildi va u bu jamoa bilan ketma-ket uchta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritib, klub rekordini oʻrnatdi; 2008-yilda esa lavozimidan ozod etildi. Bir yildan ortiq vaqt futboldan chetda qolgan Manchini 2009-yil dekabrida „Manchester City“ bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 2010–11-yilgi mavsumda „Siti“ga Angliya kubogini yutishda koʻmaklashdi — bu klubning 35 yil ichidagi ilk yirik sovrini edi — va 2011–12-yilgi mavsumda jamoani 44 yil ichida ilk bor mamlakat chempioni qildi. Manchini 2013-yil sentyabrida Turkiyaning „Galatasaray“ klubida murabbiylik faoliyatini boshlab, oʻzining yagona mavsumida Turkiya kubogini qoʻlga kiritdi, soʻng Rossiyaning „Zenit“ jamoasini boshqarishdan avval yana ikki yil davomida „Inter“ jamoasida ishlagan. 2018-yilda Italiya terma jamoasi JCh-2018 saralashidan oʻta olmagach, Manchini uni boshqaruvga oldi. 2021-yilda u Italiyani Yevro-2020 musobaqasida gʻoliblikka olib keldi va bu jamoaning tarixdagi ikkinchi Yevropa chempionligi boʻldi. Uning boshqaruvida jamoa 2018-yil oktyabridan 2021-yil oktyabrigacha magʻlubiyat nimaligini bilmadi va ketma-ket magʻlubiyatsiz oʻyinlar soni (37) boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan. Biroq shundan soʻng Italiya pley-offda Shimoliy Makedoniyaga yutqazib, ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmadi.
Manchini murabbiylik faoliyatining 2002-yildan 2014-yilgacha boʻlgan har bir mavsumida yirik milliy kubok musobaqalarining kamida yarim finaliga qadar yetib borgan. U bir qator rekordlar sohibi, jumladan, 2004-yildan 2008-yilgacha Italiya kubogi finallarida ketma-ket ishtirok etgan: 2004-yilda bir marta „Latsio“ bilan va keyingi toʻrt mavsumda „Inter“ bilan.
Murabbiylik faoliyati Manchester Siti 2009-yilning 19-dekabrida Roberto Manchini Angliyaning „Manchester Siti“ klubi bilan yillik maoshi 3,5 million funt-sterlingga teng boʻlgan 3,5 yillik shartnoma imzoladi.
2012-yilning iyul oyida Roberto Manchini „Manchester Siti“ bilan yangi shartnoma imzoladi. Besh yil muddatga imzolangan yangi bitim Manchinini Angliyaning eng koʻp maosh oluvchi murabbiyiga aylantirdiRoberto Manchini Angliyaning eng koʻp maosh oladigan murabbiyiga aylandi — Kun.uz, 11-iyul, 2012-yil.
Manbalar
Havolalar
Roberto Mancini at Goal.com
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Bologna FC 1909 futbolchilari Turkum:UC Sampdoria futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Leicester City F.C. futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 1988 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:ACF Fiorentina murabbiylari Turkum:SS Lazio murabbiylari Turkum:Inter Milan murabbiylari Turkum:Manchester City F.C. murabbiylari Turkum:Galatasaray S.K. (futbol) murabbiylari Turkum:FC Zenit Sankt-Peterburg murabbiylari Turkum:Italiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Al Sadd SC murabbiylari Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:Angliya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Turkiya Superligasi murabbiylari Turkum:2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati murabbiylari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2023 murabbiylari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan murabbiylar Turkum:Italiyalik muhojir futbol murabbiylar