Stanislav Mitrofanovich Stadnik (1940-yil 21-may, Toshkent, SSSR — 1998-yil 14-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda vafot etgan) — sovet futbolchisi, hujumchi. Sport ustasi.

Biografiyasi Stanislav Stadnik sportdagi faoliyatini 1960-yili SSSR chempionatidagi ,,Kayrat” jamoasida boshlagan. Biroq futbolchi ushbu klub ishtirokida birorta ham oʻyin oʻtkazmagani sabab may oyida ,,Paxtakor” klubiga oʻtgan. Ushbu jamoa safida 2 mavsumni yaxshi oʻtkazgan Stanislav Moskvaning ,,Dinamo” klubiga taklif qilingan. 1962-yil 2-mayda futbolchi Belarusga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda debyut qilgan.

Ushbu uchrashuvda Stadnik asosiy tarkibda maydonga tushgan va 81-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urishga muvaffaq boʻlib, ,,Dinamo”ga 2:0 hisobida gʻalaba keltirgan.

Stanislav Stadnik 1962-1963-yillarda umumiy hisobda moskvaliklar safida 18 ta oʻyin oʻtkazgan va ushbu oʻyinlarda 2 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilishga erishgan.

1963-yilda Stadnik yana ,,Paxtakor” klubiga qaytgan, biroq uch mavsumdan soʻng bosh murabbiy  Мixail Yakushin bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli klubni tark etishga majbur boʻlgan.

Stanislav Stadnik faoliyatini Oʻzbekistonning quyi divizionidagi turli klublarida yakunlagan. Oradan biroz vaqt oʻtgach futbolchi oʻzining murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Sport ustasi Stanislav Mitrofanovich 1998-yil 14-dekabrda Toshkentda vafot etgan va shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Yutuqlari

,,Dinamo” safida

1963-yil SSSR chempioni

Manbalar

Havolalar

Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:21-mayda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:14-dekabrda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Traktor Toshkent klubi bosh murabbiylari Turkum:Xorazm klubi murabbiylari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar