Rustam Charshanbiyevich Doʻrmonov (1969-yil 28-yanvarda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Doʻrmonov 1985-yildan 1989-yilgacha Sovet Ittifoqi Ikkinchi ligasida „Surxon Termiz“ jamoasida oʻynagan. Jamoadagi oʻyinlari davomida u bir vaqtning oʻzida Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan. Harbiy xizmat davrida Tallinning „Zirka“ armiya jamoasi tarkibida oʻynagan. 1990-yilda Fargʻonaning „Neftyanik“ (hozirgi „Neftchi“) jamoasiga koʻchib oʻtgan va 1992—1994-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan burgalikda ketma-ket uch marta Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilgi MDH kubogida ham qatnashib, „Neftchi“ jamoasini ikkinchi oʻrinni olishida munosib hissa qoʻshgan. 1995-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan, keyingi yili esa Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga qaytgan va 1997-yil oxirigacha oʻynagan. 1999—2000-yillarda Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynaganV chest vidayuщixsya futbolistov . 2000-yilda yana „Neftchi“ga qaytib kelgan va keyingi yili mamlakat chempioni boʻlgan. 2002-yilgi mavsum yakunlanganidan soʻng, professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Doʻrmonov faoliyatining katta qismini Fargʻonaning „Neftchi“ klubida oʻtkazgan va Oʻzbekiston Oliy ligasida116 ta gol urganRustam Durmanov, 9 Fevralya 2009. Doʻrmonov bu natijalari Fargʻonaning „Neftchi“ klubida Yuriy Sarkisyandan keyin eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirgan. Rustam liga va kubok oʻyinlarida jami 133 ta gol urgan xolda Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi sifatida tanlangan.

Terma jamoadagi faoliyati Doʻrmonov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 17-iyun kuni Markaziy Osiyo kubogi doirasida Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazganTadjikistan – Uzbekistan – 2 : 2 17.06.1992 . 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga tarkibiga kiritilgan. OFK 1994-yildan boshlash terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan borgan. Turnirda Rustam Doʻrmonov turnir gʻolibiga aylangan jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlmagan va asosan zaxiradan maydonga tushgan. Turnir yakunida oltin medallarini ham qoʻlga kiritishiga toʻsqinlik qilmagan. Rustam 2000-yilgacha milliy terma jamoada oʻynagan. U terma jamoa safida jami 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urganSbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas? . Doʻrmonov 1998-yilgi Jahon chempionati saralashida Yamanga qarshi oʻyinda ham oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati 2016-yilning yoz oyida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bosh murabbiylik qilagan. 2017-yilgi mavsumda Xotira-79 klubida bosh murabbiylik qilgan. 2019-yilgi mavsum bir muddat Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi murabbiylar shtabida koʻrinish berganSbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas? .

Yutuqlar

Klub

Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni (4): 1992, 1993, 1994, 2001 Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 1992, 1996 MDH kubogi kumush medal sohibi (1): 1994

Terma jamoa bilan

Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil

Shaxsiy sarlavha

Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 2-oʻrin: 1993 yil Oʻzbekiston Superligasining eng yaxshi toʻpurari: 1993 (26 gol) Gennadiy Krasnitskiy klubi: 172 gol „Shuhrat“ medali sohibiUkaz Prezidenta

Shaxsiy hayoti Rustam Doʻrmonovning akasi Abdusamad Doʻrmonov va ukasi Ravshan DoʻrmonovV chest vidayuщixsya futbolistov ham futbolchi boʻlgan. 1992-yilgi mavsumda uch aka-uka bir vaqtning oʻzida „Neftchi“ (Fargʻona) klubi tarkibida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Rustam Doʻrmonov Footballfacts saytida Rustam Doʻrmonov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Paxtakor-79 klubi murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari