Madina Muxtorova Saidazimovna (ayrim manbalarda Madina Muxtarova deb yozilgan) (1964-yil 26-yanvar Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Biografiyasi Madina Muxtorova maktabda turli musiqa tanlovlari, radiodasturlarda faol qatnashib yurgan, soʻngra ustozi tavsiyasiga koʻra Toshkent teatr va sanʼat universitetiga kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtib, toʻgʻridan-toʻgʻri universitetning ikkinchi kursiga oʻqishga kirdi.1984-yil „Drama va kino“ boʻlimini tamomladi.https://kinomusicnewsuz.ucoz.ru/photo/super_fotografii_2/madina_muxtorova_aktrisa/6-0-2644
Ijodiy faoliyatini 1990-yilda Yoshlar teatrida boshlagan aktrisa bir yil shu yerda ishlab, soʻng O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyatini davom ettirdi. Hozirgacha shu teatrda ishlaydi.
Aktrisa Madaniyat universitetida oʻqigan paytida Said Muxtor bilan tanishgan.
Muxtorovaning sobiq turmush oʻrtogʻi va farzandinig otasi — aktyor, rejissyor Said Muxtor http://zamonaviy.com/news/said_mukhtor_nega_madina_mukhtorova_bilan_azhrashganini_ajtdi/2021-12-10-43559.
Faoliyati Madina Muxtorova aktrisa sifatida koʻplab spektakl va oʻndan ortiq filmlarda ishtirok etgan, ellikka yaqin film va multfilmlarni dublyaj qilishda ham ishtirok etgan. Aktrisa filmlarda koʻp rol oʻynamagan boʻlsada, tomoshabinlarga „Togʻli kuyov“ filmidan yaxshi tanish.
Koʻp yillik mehnatlari uchun 2003-yilda aktrisa „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Turkiya, Egipet-davlatlarida.Moskva, Semfiropol, Olma-ota shaharlarida:"Chimildiq", „Shum bola“ va „Qirmizi olma“ spektaklidagi rollari bilan muvafaqqiyatli qatnashgan. „Mehrobdan chayon“ da Raʼno roli bilan Jahon teatr Festivallarida ishtirok etgan. „Ofarin“ mukofoti sovrindori. 1992-yil „Afandinig besh xotini“ dagi Toʻtihon roli uchun „Yilning eng yaxshi ayol roli“, „Shum bola“da Shum bola roli uchun „Yilning eng yaxshi aktrisasi“ kabi mukofotlarga sazovor boʻldihttps://kinomusicnewsuz.ucoz.ru/photo/super_fotografii_2/madina_muxtorova_aktrisa/6-0-2644.
Filmografiyasi
+YilFilmRol1992 Ostansya1998ShaytanatMardona1999Togʻlik kuyovKelin2011Devona farishtaOdinaning onasi 2011Osiy banda2015Men yolgʻonchimanHayot2017Kulba
Teatrdagi faoliyati +Yil Spektakl RolGamlet Ofeliya Qirol LirKordelya ToʻmarisZinaidaAllaNinaBoburOnaAmir TemurKanizakAlisher NavoiyGuli1992 Afandining besh hotiniToʻtihonMehrobdan chayonRaʼnoChimildiqKelinShum bolaShum bola ZolushkaZolushkaSab'ai sayyorDiloromKelinlar qoʻzgʻoloniNigoraQirmizi olmaQirmiz qizOmon boʻlgin azizimAyolYaralangan oqqush nolasiQiz