Aleksandr Yakovlevich Pershin (1874-1919) – inqilobchi, bolshevik, Oʻrta Osiyoda Sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash qatnashchisi.

Tarjimai holi Dehqon oilasida tugʻilgan, ishchi-chilangar mutaxassisligini olgan. 1894-yildan inqilobiy harakatda ishtirok etgan, 1903-yilda RSDLPga qoʻshilgan.

Ufa, Kazalinsk shaharlarida partiya ishlarini olib borgan. 1916-yilda Toshkentda Oʻrta Osiyo temir yoʻl ustaxonalarida ishlay boshlagan. 1917-yil fevral inqilobidan keyin bolsheviklar safiga qoʻshilgan va Toshkent Soveti ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. Sovetlarning 1-Umumrossiya qurultoyi delegati, Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining aʼzosi etib saylangan. 1917-yil oktabr kunlari Toshkent harbiy inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan

Oktabr inqilobi gʻalabasidan keyin Toshkent Soveti ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan. 1918-yil martidan Turkiston oʻlkasi va Turkiston Sovet Respublikasi oziq-ovqat komissari. Turkiston Qizil Gvardiyasi va Qizil Armiyasi tashkilotchilaridan biri boʻlgan.

Osipov isyoni davomida 14 nafar Turkiston komissarlari tarkibida otib oʻldirilgan.

Manbalar

Pershin Aleksandr Yakovlevich – statya iz Bolshoy sovetskoy ensiklopedii.  http://www.pandia.ru/181533/

Inqilobchilar ommaning yetakchisi, Toshkent, 1967-yil.

Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1919-yilda vafot etganlar Turkum:19-yanvarda vafot etganlar Turkum:1874-yilda tugʻilganlar