Avstriya Archgersoginyasi Assunta( 1902-yil 10-avgust — 1993-yil 24-yanvar) Avstriyaning Archduke Leopold Salvator va Infanta Blanca kenja qizi. U Habsburg imperatorlik uyi Toskana boʻlimining aʼzosi, Avstriya archgersoginyasi va Toskana malikasi edi. Assunta Gabsburglar monarxiyasi qulagandan keyin Ispaniyaning Barselona shahrida surgunda yashagan. U 1936-yilda Ispaniya fuqarolar urushi paytidagi tartibsizliklar tufayli Barselonani tark etishga majbur boʻldi. 1939-yilda u polshalik shifokor Jozeph Hopfingerga turmushga chiqqan. 1942-yilda er-xotin AQShga koʻchib oʻtishgan. Archgersoginya Assunta va uning eri ikki qizi bor edi, lekin ular 1950-yilda ajrashishdi. U Texasning San-Antonio shahriga koʻchib oʻtdi.

Yoshlik Assunta 1902-yil 10-avgustda Avstriyaning Vena shahrida tugʻilgan. U Avstriyaning Archduke Leopold Salvator (1863-1931) va uning rafiqasi ispaniyalik Infanta Blankaning (1868-1949) o‘n nafar farzandining sakkizinchisi edi. Tugʻilgan paytida unga Assunta Alice Ferdinandine Blanca Leopoldina Margarethe Beatrix Raphaela Michaela Philomena ismi berilganMcIntosh, The Archduchess From Texas, p. 36.

Assunta Gabsburg monarxiyasining soʻnggi davrida oʻsgan. U koʻplab aka-uka va opa-singillari bilan ota-onasiga tegishli boʻlgan turli mulklarda oʻsgan. Ularning asosiy qarorgohi Venaning Widen tumanidagi Toskana saroyi boʻlgan. Dam olish kunlarini Infanta Blancaga tegishli boʻlgan la Tenuata Real mulkida oʻtkazishgan Assuntaning ota-bobolari Avstriya, Toskana va Sitsiliya, Ispaniya, Parma, Modena, Portugaliya va Fransiyada hukmronlik qilgan.

Surgun Assunta Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Gabsburg monarxiyasi qulaganida oʻn olti yoshda edi, bu uning yashash tarzida keskin burilishga sabab boʻldi. Avstriya respublika hukumati Gabsburglarning mulklarini musodara qildi va oila butun boyliklarini yoʻqotdiMcIntosh, The Unknown Habsburgs, p. 48. Assuntaning eng katta akalari Archgertsog Rayner va Leopold Avstriyada qolib, yangi respublikani tan olishdi, qolgan oila aʼzolari esa 1919-yil yanvarda Ispaniyaga koʻchib ketishganMcIntosh, The Archduchess From Texas, p. 36. Assuntaning uchta katta opasi, archduchess Dolores, Inmaculata va Margaretha boʻysunuvchan, Assunta va Mariya Antonia koʻproq isyonkor edi.

Barselonada yashayotgan Assunta singlisi Maria Antoniaga ergashib, dinga tobora koʻproq berilib ketganHarding, Lost Waltz, p. 115. Ota-onalari dindor katolik boʻlishsa-da, kenja qizlarining diniy ishtiyoqi ularni tashvishga solardi. Mariya Antonia rohiba boʻlish istagidan voz kechdi va kambagʻal mayorkan aristokratiga turmushga chiqqan, ammo Assunta rohiba boʻlishga qatʼiy qaror qilganHarding, Lost Waltz, p. 135. Voyaga yetmagan Assunta Janubiy Amerikaga kemada qochib ketmoqchi boʻlganidan soʻng Ota onasi unga rohiba boʻlishi uchun ruxsat berishganHarding, Lost Waltz, p. 140. Ularning ruxsati bilan Assunta Barselona yaqinidagi Santa Tereza de Tortosa monastiriga kirganHarding, Lost Waltz, p. 145. Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanganda monastir hujumga uchradi va rohibalar oʻz hayotlarini saqlab qolish uchun qochishga majbur boʻlishgan. Assuntaga oʻxshagan, hali soʻnggi vaʼdalarini qabul qilmaganlar, dunyoviy hayotga qaytishlari mumkin edi. Assunta rohibalikni tark etishga ruxsat oldi va oʻsha paytda Viaregjioda yashovchi onasi va turmushga uylanmagan aka-ukalariga qoʻshildiHarding, Lost Waltz, p. 237m 1930-yillarning oxirida Assunta akalaridan biri orqali yahudiy polshalik shifokor Jozeph Hopfinger (1905-1992) bilan uchrashdiHarding, Lost Waltz, p. 280. Onasining qarshiliklariga qarshi, ular 1939-yil sentabr oyida Shveytsariyada turmush qurishgan. Koʻp oʻtmay, uning eri Fransiya armiyasiga chaqirilgan va demobilizatsiya qilinganHarding, Lost Waltz, p. 281. 1940-yil dekabrda ularning katta qizi Tereza tugʻilganHarding, Lost Waltz, p. 282.

Keyinchalik hayot Germaniyada yahudiylarning taʼqibga uchrashi Assuntani, uning eri va goʻdak qizini Yevropani tark etishga majbur qilgan. Erining ikkala ota-onasi ham ruslar tomonidan oʻldirilgan, chunki ularning mulki hozirgi Lvov (Ukraina) minerallarga boy mintaqada edi. Uning eri yahudiy bo‘lgani uchun ular Assuntaning Amerikada yashovchi aka-uka Leopold va Frans Jozeflar yordamida Nyu-Yorkka koʻchib borishga qaror qildilarHarding, Lost Waltz, p. 291. Assuntaning eri shifokor boʻlib ishlagan, ikkinchi qizi 1942-yilda Nyu-Yorkda tugʻilganHarding, Lost Waltz, p. 292.

Archduchess Assuntaning Jozeph Hopfinger bilan nikohidan ikkita qizi bor edi:

Mariya Tereza Hopfinger b. 5-dekabr 1940-yilda (1961-1967) tugʻilgan. Uning ikki farzandi bor edi. Juliet Elizabet Mariya Assunta Hopfinger b. 1942-yil 30-oktabr. Besh marta oila qurgan. Uchta farzandi bor edi.

Biroq, nikoh muvaffaqiyatli boʻlmadiMcIntosh, The Archduchess From Texas, p. 37. Yevropalik malikaga uylangan Assuntaning eri xotinidan boylik meros qilib olishni umid qilgan. Er-xotin urushdan keyin 1950-yil 25-iyulda ajrashishgan.

Archduchess Assunta qizlari bilan San-Antonioga (Texas) koʻchib oʻtib umrining oxirigacha shu yerda yashagan. U katolik cherkoviga qattiq bogʻlanib qolgan va oʻzini va ikki yosh bolasini boqish uchun turli ishlarni bajarganMcIntosh, The Archduchess From Texas, p. 37. Umrining oxirida u omon qolgan ukalarini koʻrish uchun Yevropaga bir marta sayohat qilgan. Assunta 1993-yil 24-yanvarda 90 yoshida San-Antonioda (Texas) vafot etgan.

Manbalar

Ajdod

Turkum:1993-yilda vafot etganlar Turkum:1902-yilda tugʻilganlar