Alex Rodrigo Dias da Costa (1982-yil 17-iyun, Braziliya) Alex ismi bilan tanilgan markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan sobiq braziliyalik futbolchi. U oʻzining jismoniy kuchi va zarbasi bilan tanilgan himoyachi boʻlib, yaqinlari uni „Tank“ va Canhao da Vila („Vila Belmiro toʻpi“) laqablari bilan chaqirishgan.
2004-yilda Premer-liganing Chelsea klubi tomonidan sotib olingan Alex Gollandiyaning PSV jamoasiga ijaraga berildi va ular bilan 3 marotaba Eredivizion chempionligini qoʻlga kiritdi. U PSVdagi uch yillik faoliyatidan soʻng 2007-yilning yozida „Chelsea“ klubi tarkibiga kelib qoʻshiladi. Chelseadagi faoliyati davomida u 2009-yilda Angliya kubogi va 2010-yilda liga va Angliya kubogi dublini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2008-yilda UEFA Chempionlar ligasi finaliga qadar borishga erishdi. U 2012-yilning yanvarida 4,2 million funt sterling evaziga PSG tarkibiga kelib qoʻshiladi va klub bilan ikki marta Liga 1 gʻolibligini qoʻlga kiritadi. 2014-yilda amaldagi shartnoma tugaganidan soʻng Italiyaning Milan jamoasiga qoʻshiladi va ikki yildan soʻng faoliyatini yakunlaydi.
Alex 2003- va 2008-yillar oraligʻida Braziliya terma jamoasi safida 17 ta oʻyin oʻtkazadi. Ushbu yillar davomida futbolchi jamoa bilan birgalikda 2007-yilgi Amerika Kubogida gʻolib chiqdi va 2003 yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Klublardagi faoliyati AC Milanda 2014-yilning 5-iyunida PSG bilan shartnomasi tugagach, Alex „Milan“ klubi tarkibiga erkin agent sifatida kelib qoʻshiladi. U 31-avgust kuni A Seriyaning yangi mavsumidagi dasylabki uchrashuvida oʻz debyut amalga oshirdi. Ushbu oʻyinda uning jamoasi oʻz maydonida "Latsio" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Himoyachi ilk golini 2015-yilning 17-mayida Sassuologa qarshi oʻyinda (3:2)da kiritgan. 2016-yil 31-yanvarda Madonnina derbisida Alex boshi bilan gol kiritadi.
U 2016-yilning 25-may kuni klub xoʻjayini Silvio Berlusconi, shuningdek, Philippe Mexès, Kevin-Prince Boateng va Mario Balotelli bilan birga jamoani tark etishini eʼlon qildi. 2016-yilning dekabr oyida Alex futbolchi sifatida faoliyatini yakunladi.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLiga oʻyinlarMilliy kubokLiga kubogiMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSantos2002Série A2532532003Série A401040102004Série A131131Umumiy78147814PSV (ijarada)2004-05Eredivisie273—1324052005-06Eredivisie282—703522006-07Eredivisie296—82378Umumiy8411—28411215Chelsea2007-08Premier Liga282203061—3932008-09Premier League242612091—4142009-10Premier League161601021002512010-11Premier League152001040—2022011-12Premier League3000303{0—90Umumiy8671411002430013411Paris Saint-Germain2011-12Ligue 11521000——1622012-13Ligue 1242100092—3432013-14Ligue 131210207011423Umumiy706302016211929A.C. Milan2014-15Serie A21120———2312015-16Serie A25300———253Umumiy46420———484Umumiy faoliyati364421911206892146553 Manbalar
Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar