Hilola Nazirova (Hilola Bahodirovna Nazirova; 1983-yil 17-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimasi, matnshunos va ogahiyshunos. „Moziydan sado“ jurnalining jamoatchilik kengashi aʼzosi. Hilola Nazirova „Oʻzbekiston tarixi“ telekanalida „Tarixiy savol“ koʻrsatuvining muallifi va boshlovchisi sifatida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan „Yilning eng faol eksperti“ mukofoti bilan taqdirlangan. U gender tenglik masalasini tarixiy manbalarga tayangan holda yoritib beruvchi mutaxassislardan biridir. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori (2022—2024). Hozirda Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori.

Tarjimai holi Hilola Nazirova 1983-yil 17-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bakalavr (2000—2004) va magistratura (2004—2006) bosqichlarini tamomlagan. 2007—2008-yillar OʻzR FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi boʻlib ishlagan. 2008—2011-yillar OʻzR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan va institutning asosiy (prioritet) yoʻnalishlaridan biri boʻlgan yosh matnshunoslar tayyorlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan. 2011-yilda RFA Sharqshunoslik institutida malaka oshirib qaytgan.

Ilmiy faoliyati Hilola Nazirova 2016-yilda OʻzR FA Sharqshunoslik instituti va UNESCOning Xalqaro Markaziy Osiyoni tadqiq etish instituti (IICAS) hamkorligida Muhammadrizo Ogahiyning „Zubdat at-tavorix“ asarining ilmiy-tanqidiy matnini nashr qilganAbdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga yangi direktor tayinlandi. „Zubdat at-tavorix“ asari Markaziy Osiyo, xususan, Xorazm tarixining asosiy va ishonchli manbalaridan biridir. Hilola Nazirova bu asarni ilmiy muomalaga kiritdi. U 2 ta monografiya va 50 dan ortiq maqola va tezislar muallifidir. Avstriya, Rossiya, Turkiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Eron kabi davlatlarda xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi va grantlar sohibasi. OʻzR FA Sharqshunoslik instituti qoshidagi „Bilimkent“ seminari taʼsischisi. 2020-yildan boshlab „Oʻzbekiston tarixi“ telekanalida „Tarixiy savol“ koʻrsatuvining hammuallifidir. 2022-yilda Hilola Nazirova Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari yoʻnalishida "Qoʻngʻirotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammadrizo Ogahiyning „Zubdat at-tavorix“ asari" mavzusidagi Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganNazirova Hilola Bahodirovnaning tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida. Olima, shuningdek, Abdurahmon Jomiyga tegishli „Bahoriston“ asarining Ogahiy tomonidan qilingan tarjimasi boʻyicha ham ilmiy izlanish olib borgan.

Hilola Nazirovaga yangi topilgan Abulgʻozixon „Shajarayi turk“ asarining Gurlan nusxasi tabdilini amalga oshirish bilan shugʻullangan.

Mukofotlari Hilola Nazirova 2018-yil 2-iyun kuni oʻtkazilgan „Yilning eng faol yosh olimi“ koʻrik tanlovining sovrindori va „Oʻzbekiston tarixi“ telekanalida „Tarixiy savol“ koʻrsatuvining muallifi va boshlovchisi sifatida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan „Yilning eng faol eksperti“ mukofoti bilan taqdirlangan. Manbalar

Havolalar

.

.

Turkum:Oʻzbekistonlik olim ayollar Turkum:Oʻzbek tarixchilari