Martin Gaston Demichelis (; 1980-yil 20-dekabr, Justiniano Posse, Argentina) — argentinalik futbolchi, „Bavariya“, „Malaga“, „Manchester City“ klublari va Argentina terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan himoyachi hisoblanadiMartín Demichelis // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.Martín Demichelis // FBref.com  (mn.).

2010 va 2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi. „Bavariya“ dublining bosh murabbiyiOriginalnoe proiznoshenie etoy italyanskoy familii — Demikélis..

„River Plate“ U professional futbolchilik faoliyatini 1998-yilda „River Plate“da boshlagan, ammo 2001-yilgacha asosiy tarkibdan joy bera ololmagan. U „River Plate“ uchun bir nechta yaxshi oʻyinlar oʻtkazgan. Va uning bu oʻyinlari "Bavariya"" seleksionerlarining eʼtiborini tortgan.

„Bavariya“ Uning „Bavariya“dagi birinchi mavsumi unchalik yaxshi oʻtmadi, chunki u ketma-ket bir nechta kichik jarohatlar oldi, biroq tajribali murabbiy Feliks Magat qoʻl ostida u yakunda asosiy jamoada oʻynay oldi. Martin 2005 va 2006-yillarda „Bavariya“ning nemis chempioni boʻlishida ham muhim rol oʻynadi. 2007-yil 11-sentabrda u o‘zining ilk xalqaro golini Avstraliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiritgan hamda uning jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

2010-yil 24-dekabr Martin Demichelis Ispaniyaning „Malaga“ klubiga oʻtdi. U Ispaniya klubida 6 oy muddatga ijara asosida oʻynaydi. 2011-yilning 8-yanvarida Demichelis „Malaga“ safida 2010-2011- yilgi Ispaniya chempionatining 18-turida „Atletik Bilbao“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, Demichelis 81-daqiqada ispan klubi safidagi ilk golini urgan.

„Atletiko“ va „Manchester City“ 2013-yilning 11-iyulida Demichelis Madridning „Atletiko“ klubiga o‘tgan. Uning „Malaga“ jamoasi bilan shartnomasi tugatdi hamda u „Atletiko“ jamoasigaga tekinga yoʻl oldi. Martin ular bilan 1 yillik shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi.

Oʻsha yilning avgust oyida Demichelis „Atletiko“ tarkibida birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Angliyaning „Manchester City“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 5 million funtni tashkil qilardi. Shartnoma ikki yilga imzolandi. Martin „26“ raqami ostida toʻp sura boshladi. 27-oktyabr kuni Londonning „Chelsea“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qilgan. 2014-yil 22-mart kuni „Fulxem“ ga qarshi kechgan duelda Martin „City“ safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritdi. Angliyadagi birinchi mavsumida u Premer-liga va Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi . 2015-yil boshida Demichelis „Manchester City“ bilan shartnomasini 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan.

„Espanyol“ 2015-2016-yilgi mavsum yakunlangach, „Manchester City“ himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi, shu bilan birga 10-avgust kuni u „Espanyol“ bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi. 22-oktyabr kuni „Eybar“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2017-yilning boshida klub Martin bilan shartnomani bekor qildi va Martin erkin agentga aylandi.

„Malaga“ sahifasiga qaytish 2017-yilning 18-yanvarida Demichelis o‘zining sobiq jamoasi „Malaga“ bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 15-mayida u mavsum oxirida o‘ynashni yakunlashini maʼlum qildi.

Xalqaro martabasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ee/G%C3%B6tze_kicks_the_match_winning_goal.jpg/250px-G%C3%B6tze_kicks_the_match_winning_goal.jpg|thumb|212x212px| Demichelis (15-raqam) JCh-2014 finalida Germaniyaga qarshi oʻyinda 2005-yil 12-noyabrda Angliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Demichelis Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yili u Konfederatsiyalar kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. 2007-yil 11- sentyabrda Demichelis oʻzining birinchi xalqaro golini Avstraliya darvozasiga kiritgan.

2010-yilda Martin milliy terma jamoaning Janubiy Afrikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritildi. Turnirda u Nigeriya , Janubiy Koreya , Meksika , Germaniya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan hamda Gretsiya terma jamoasi darvozasiga gol kiritgan.

2014-yilda Demichelis ikkinchi bor Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Belgiya , Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Musobaqa natijalariga koʻra Martin chempionatning kumush medali sohibiga aylandi.

Argentina statistikasi Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 01. 2007-yil 11- sentyabr Melburn Kriket maydoni, Melburn, Avstraliya Avstraliya 0: 1 0: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 02. 2010-yil 22- iyun Piter Mokaba (stadion), Polokwane, Janubiy Afrika Gretsiya 1 :0 2 :0 Jahon chempionati 2010

Yutuqlari "River Plate"

Argentina futbol chempionati — 1999, 2000, 2002, 2003

"Bavariya"

Futbol boʻyicha Germaniya chempionati — 2005, 2006, 2008, 2010 Germaniya Liga kubogi gʻolibi — 2004, 2007 Germaniya kubogi gʻolibi — 2005, 2006, 2008, 2010 Germaniya Superkubogi sohibi 2010-yil

"Manchester City"

Premer-liga — 2013-2014 Futbol Ligasi kubogi gʻolibi — 2013-2014, 2015-2016

Xalqaro yutuqlari

"Argentina"

Konfederatsiyalar kubogi — 2005-yil FIFA Jahon chempionati — 2014-yil Amerika kubogi — 2015-yil

Manbalar

Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:20-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar