Mariya Erastovna Poyarkova (1907-yil 1-noyabr, Bordo, Fransiya — 1995-yil 18-fevral, Toshkent) — geolog, Lenin mukofoti sovrindori.
Tarjimai holi Biologiya professori Erast Fyodorovich Poyarkovning qizi — ipak qurti boʻyicha mutaxassis .
Oʻrta Osiyo universitetining geologiya-qidiruv fakultetini amaliy mineralogiya ixtisosligi boʻyicha (1930) tugatgan. 1930-1947-yillarda Oʻzbekiston kon-razvedka partiyalarining bosh geologi boʻlgan. Oʻzbekiston va Tojikiston hududida kobalt, surma va boshqa koʻplab konlarini ochish va oʻrganishda ishtirok etgan.
1947-1952 va 1963-1977-yillarda katta geolog, 1952-1963-yillarda SSSR Geologiya vazirligining Krasnoxolmskaya davlat geografiya boshqarmasi bosh geologi boʻlgan. Uchquduq uran konini kashf etganlardan biri (V.M.Mazin, A.I.Pak, A.A.Petrenko, F.N.Abakumov bilan birgalikda), uning negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgan. Lenin mukofotini olgan ikkinchi (Galina Ulanovadan keyin) ayol boʻlgan.
Mukofotlari 1959-yildagi Lenin mukofoti — Uchquduq uran konini ochgani uchun (A.I.Pak, A.A.Petrenko, F.N.Abakumov, V.I.Kuzmenko bilan birgalikda). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog (1967) Foydali qazilmalarni qidirish a’lochisi (1970).
Manbalar
Adabiyotlar
Поярковы: пять поколений исследователей на просторах Евразии. Будимир Владимирович Поярков. Наука, 2006 — Всего страниц: 308 Советская геология, 1989, № 1
Havolalar
Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan geologlar