thumb|Vitali Golod Vitali Golod (; 1971-yil 23-iyunda tugʻilgan) — asli sovet fuqarosi, ammo isroillik shaxmatchi. U 1996-yilda FIDE tomonidan berilgan grossmeyster unvoniga ega.
Shaxmat faoliyati Golod yoshligidan shaxmat bilan shugʻulangan boʻlsa ham musobaqalarga kech kirib keladi. Dastlabki ishtirok etgan nufuzli shaxmat musobaqasida u goʻlib chiqadi (Golod 1991-yilda Ukraina chempioni boʻlgan). shundan keyin u Isroilga koʻchib oʻtdi.
2004-yilda u Ramat-Avivda boʻlib oʻtgan Isroil chempionatida Sergey Erenburg bilan 1-2-oʻrinlarni egalladi. U Santa Monikada ham gʻalaba qozondi.
2006-yilda u AQShning Illinoys shtati, Schaumburg shahrida boʻlib oʻtgan bahorgi Shimoliy Amerika FIDE Invitational turnirida gʻolib chiqdiThe Week in Chess 598: Spring North American FIDE Invitational va Monarch Assurance Isle of Man orolida xalqaro turnirida uchinchi oʻrinni egalladi (Aleksandr Areshchenko va Sergey Volkovdan keyin)The Week in Chess 621: 15th Monarch Assurance. Keyingi yili Golod shu orolda Mateush Bartel, Zaxar Efimenko, Yuriy Yakovich, Maykl Roiz va Mixail Kobaliya bilan 1-6-oʻrinlarni egallab, tay-breyk boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi.
2010-yil mart oyida u Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlangan turnirda grossmeysterlar Maksim Turov, Sergey Jigalko va Rinat Jumabayev bilan 1-4-oʻrinlarni egalladi. Toʻrt oy oʻtgach, Golod 43-chi Biel shaxmat festivalida grossmeysterlar Aleksandr Riazantsev, Nadejda Kosintseva, Leonid Kritz, Sebastyan Feller, Kristian Bauer va Sebastyan Maze bilan 1-7-oʻrinlarni egalladi. keyinroq noyabr oyida u Isroil chempionligini ham qoʻlga kiritdi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Isroil shaxmatchilari