Tiago Queiroz Bezerra (; 1987-yil 17-fevral; Brazilia, Braziliya) — braziliyalik futbolchi va hujumchi.

Futbolchilik faoliyati Tiago futbolni „Legiao“ klubida boshlagan. 2005-yilning yozigacha shu klubda oʻynagan. Keyin Belgiyaga koʻchib oʻtgan va „RAA La Luvière“ klubiga oʻtgan. Bir yildan soʻng Belgiyaning „RCS Vise“ jamoasiga oʻtdi va bu klubda bir yil oʻynadi.

2007-yilda Braziliyaga qaytib, „SE Gama“ jamoasiga qoʻshildi. Bu yerda bir yil faoliyat olib borganidan soʻng, 2008-yilning yozida Turkiya TFF 1-ligasining „Oltoy Izmir“ klubiga oʻtdi. „Oltoy“ safida 2010-yilning yoziga qadar oʻynadi. Keyin „Karşıyaka SK“ jamoasiga yoʻl oldi. 2012-yilda Turkiyani tark etib, yana vataniga qaytdi. Keyingi mavsumni „Ituano“ klubida oʻynadi. Bir yil oʻtgach, Turkiya TFF 1-ligasiga qaytdi va „Adanaspor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilning yozida Arabiston yarim oroliga — „al-Arabi“ jamoasiga oʻtdi. Yarim yildan soʻng Turkiyaga qaytib, sobiq jamoasi „Adanaspor“ning azaliy raqibi — „Adana Demirspor“ klubiga oʻtdi. Yozda „al-Qodisiya“ jamoasiga oʻtdi. 2016/17-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida yana „Adana Demirspor“ klubiga oʻtdi. Oradan koʻp oʻtmay Oʻzbekistonning „Paxtakor“ klubiga yoʻl oldi. 2018-yilda 17 ta gol bilan birinchi divizion toʻpurari boʻldi. 2019-yil boshidan Qatarning „al-Khor“ klubida, 2020-yil avgustida „Al-Sayliya“ klubiga oʻtdiTiago, Adana Demirspor’da Tiago Adana Demirspor’daTiago, sağlık kontrolünden geçti Tiago Adana Demirspor’da 2Wechsel zu Adanaspor, Bericht auf globo.com vom 11. Juli 2013, Seite auf portug., abgerufen am 6. April 2022. 2021-yilning 8-sentyabr, chorshanba kuni Bokuning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Neftchi“ klubidagi ilk oʻyin 2021-yil 19-sentyabr kuni Ozarbayjon Premyer-ligasining „Kesh“ va „Neftchi“ jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvi boʻldi. U oʻsha uchrashuvda 17 daqiqa maydonda boʻldi. 2021-yil 2-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Ozarbayjon Premyer-ligasining „Sabail“ — „Neftchi“ uchrashuvida „Neftchi“ safida ilk bor gol urdi. Oʻsha uchrashuv Neftchi jamoasining 1:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan, Tiago esa ikkita gol urgan.

Yutuqlari Quvayt Federatsiyasi kubogi eng yaxshi futbolchisi: 2015-16 Quvayt Federatsiyasi kubogi toʻpurari: 2015-16 Oʻzbekiston Superligasi toʻpurari: 2018-yil

Manbalar

Havolalar Tiago Bezerra mackolik.com maʼlumotlar bazasida Tiago Bezerra transfermarkt.de maʼlumotlar bazasida Tiago Bezerra weltfussball.de maʼlumotlar bazasida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar