The City of Pleasure (Rohat shahri) () Bu Ezzat al-Kamhawining birinchi romani va „It Happened in the land of Dust and Mud (Bu Chang va loy mamlakatida sodir boʻldi)“ hikoyalar toʻplamidan keyingi ikkinchi kitobidir. Kitobning birinchi nashri Madaniyat markazi bosh tashkiloti tomonidan 1997-yilda, ikkinchi nashri 2009-yilda el-Ain nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Kamhawi oʻz romanida sevgi va jinsiy aloqa bilan bogʻliq muammolar bilan shugʻullanadigan butun shaharni tasvirlashga harakat qildi. Qahramonlar oddiy yoʻlovchi sifatida tasvirlangan, ular shahar tarixini hikoya qiluvchi va unda yashaydigan insonlardir.
Syujeti Hech kimga oʻxshamaydigan shahar, zavq maʼbudasi tomonidan qoʻriqlanadigan va oʻz vaqtini jismoniy zavqlarga bagʻishlagan yolgʻonchi podshoh hamda sevgi va muhabbatni orzu qiladigan malika tomonidan boshqariladi. Ruhoniylar malika xonasining devorlarini quchoqlashgan oshiqlar va tutatqi suratlari bilan bezashga qaror qilishdi hamda devordagi suratlar jonlanishi va malikaning haqiqiy sevgi haqidagi orzusi amalga oshishi haqida oʻzlarining fikrlarini aytishadi.
Haqiqiy va soya koʻrinishdagi odamlar, kuchli qullar va imperatorlar oʻzlarining halokatlarini Rohat shahri darvozalarida kutib olishdi. Oxir-oqibat, oʻtib boʻlmaydigan shahar darvozalari ikkita ajoyib mahsulot: qovurilgan kartoshka va pepsi-kola mahsulotlari yordamida oʻtishga imkon beradi. Hech kim Rohat shahrining haqiqiy tarixini bilmaydi shuningdek hech bir tashrif buyuruvchi uning sehridan qochib qutulmagan.
Iqtibos Gamal al-Ghitani :
Muhammad Abdulmuttalib:
Nabil Soliman:
Manbalar
Havolalar
el-Ain nashriyoti veb-sayti el-kamhawi ning Facebook guruhi Turkum:1997-yil romanlari Turkum:Misr kitoblari