Indoneziya ayollar 1-ligasi (indoneziya tilida: Liga 1 Putri, inglizcha: Womenʼs League One), Indoneziyadagi ayollar futbolining yuqori ligasi hisoblanadi. PSSI (Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan bu ligada oʻnta klub ishtirok etadi. Indoneziya ayollar 1-ligasining ilk mavsumi 2019-yil 5-oktabrda boshlangan.
Tarixi 2019-yil 25-iyul kuni Jakartadagi barcha Liga 1 klubi vakillari bilan umumiy yigʻilishda PSSI raisi vazifasini bajaruvchi Ivan Budianto yangi Indoneziya ayollar 1-ligasi tashkil etilganini eʼlon qildi. 2006-yildan beri Pertiwi kubogi Indoneziya ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi musobaqasi edi. Biroq, Indoneziya ayollar 1-ligasi bilan solishtirganda, Pertiwi kubogi uchun klublar emas, Indoneziya provinsiyalaridan kelgan tanlov jamoalari bahslashardi. Indoneziya ayollar 1-ligasi Indoneziya ayollar terma jamoasiga oʻyinchilarni tanlashda yordam berish va oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasidagi futbol raqobati muvozanatli boʻlishi uchun tashkil etilgan.
2019-yilda ariza bergan 18 ta jamoadan 10ta jamoa Indoneziya ayollar 1-ligasining birinchi mavsumida ishtirok etishini eʼlon qildi. BU jamoalar: Persija, PSM, Persib, TIRA-Persikabo, Bali United, Arema, PSIS, Persipura, PSS, PersebayaTurkum:CS1 Indonesian-language sources (id).
Formati Indoneziya ayollar 1-ligasida birinchi davra uchun ikki guruhga boʻlingan holda oʻynaydigan 10 ta jamoa bor. Birinchi bosqichda barcha guruhlar har bir seriyasi beshta oʻyindan iborat toʻrt seriyali uy turnirini oʻtkazadilar. Eng yaxshi ikki jamoa yarim finalga yoʻl oladi. Yarim final va final oʻyinlari uy va safar formatida oʻtkaziladi.
Indoneziya ayollar 1-ligasi chempion jamoalari roʻyxati +Indoneziya ayollar 1-ligasi finallari Mavsum Uy jamoasi Hisob Mehmon jamoa Joy 2019 Persib Putri 3-0 TIRA-Persikabo Kartini Jalak Harupat stadioni, Bandung TIRA-Persikabo Kartini 1-3 Persib Putri Pakansari stadioni, Cibinong Persib Putri umumiy hisobda 6:1 hisobida gʻalaba qozondi 2020 COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum oʻtkazilmadi. 2021 COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum oʻtkazilmadi.
Jamolar reytingi ReytingJamoa Chempion Ikkinchi oʻrin Chempion boʻlgan mavsum Ikkinchi oʻrinni olgan mavsum1 Persib Putri 1 0 20192 TIRA-Persikabo Kartini 0 1 2019
Futbolchilar
Eng yaxshi toʻpurar Yil Toʻpurar Klub Gollar soni 2019 Inshafadya Salsabillah TIRA-Persikabo Kartini 14
Eng yaxshi futbolchi Yil Oʻyinchi Klub 2019 Reva Octaviani Persib Putri
Eng yaxshi yosh futbolchi Yil Oʻyinchi Klub 2019 Helsya Maeisyaroh TIRA-Persikabo Kartini
Teleradiokompaniyalar Indoneziya ayollar 1-ligasi oʻyinlari hozirda TVRI va Djarum Media kompaniyalarining kanallarida bepul efirga uzatiladi. Indoneziya ayollar 1-ligasidagi jonli oʻyinlarni Indoneziyadan tashqarida ham TVRI veb-sayti va TVRI Klik ilovasi orqali tomosha qilish mumkin.
Yana qarang
Ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ayollar Turkum:Osiyodagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari