Gana Ayollar Premier-ligasi (GWPL) ilgari Milliy Ayollar Ligasi (NWL) nomi bilan tanilgan, Ganadagi ayollar futboli uchun eng yuqori divizion ligasi. Gana Ayollar Premier-ligasi 2012-yilda tashkil etilgan. Gana Ayollar Premier-ligasining ikki zonasida (janubiy va shimoliy zona) 18 ta klub ishtirok etadi.
Mavsumlar dekabrdan iyulgacha davom etadi, har bir jamoa 16 ta oʻyin oʻtkazadi (oʻz hududidagi barcha 8 ta jamoa bilan uyda va mehmonda oʻynaydi). Aksariyat oʻyinlar shanba va yakshanba kunlari tushdan keyin oʻtkaziladi.
Gana Ayollar Premier-ligasiga bir nechta kompaniyalar homiylik qiladi. Rasmiy sport mahsulotlari homiysi Decathlon GH, fransuz sport tovarlari sotuvchisi Decathlonning Gana filiali va NASCO tashkilotlari shular jumlasidan.
2021-yilning noyabr oyida Hilari Boateng Gana futbol assotsiatsiyasi tomonidan Ayollar Premier-ligasi qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.
Tarixi 2006-yilgacha ayollar futbol ligalari faqat ayrim viloyatlarda faol boʻlgan. 2006-yilda birinchi marta mamlakat chempionati oʻtkazilgan.
Hozirgi Gana Ayollar Premier-ligasi formati birinchi marta 2012—2013-yillarda sinovdan oʻtkazilgan. Gana Ayollar Premier-ligasi ikki divizionda oʻtkaziladi. Gana Ayollar Premier-ligasi bosqichidan soʻng ikkala divizion gʻoliblari chempionat finalida toʻqnash kelishadi. Gana Ayollar Premier-ligasi tarixidagi birinchi finalda Hasaacas Ladies jamoasi Akkra Sports Stadiumda Fabulous Ladies ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Futbol jihozlarining katta qismi FIFA tomonidan homiylik asosida beriladi.
2012—2013-yilgi taʼsischi jamoalar Dastlabki mavsumning oʻn ikki jamoasi oltita jamoadan iborat ikkita zona (guruh)ga boʻlinganTurkum:CS1 maint: url-status.
Janubiy zona (guruh)Shimoliy zona (guruh) Cape Coast Ghatel Ladies Soccer Intellectuals Hasaacas Ladies Ayoola Ladies Immigration Ladies Volta Amalga Ladies Bolga Ghatel Reformers Lepo Ladies Ampem Darkoa Ladies Fabulous Ladies Ashtown Ladies
2020 — hozirgi kungacha 2021-yilda Gana Futbol Assotsiatsiyasi (GFA) Ijroiya Kengashi Gana Ayollar Premier-ligasini hozirgi formatdagi 16 ta klubdan 2021—2022-yilgi mavsumdan boshlab 18 ta klubga kengaytirishga qaror qildi.
Chempionat finallari Chempion jamoalar va sovrindorlar roʻyxati:
MavsumChempionHisobIkkinchi oʻrinEng yaxshi toʻpurarEng yaxshi oʻyinchiEng yaxshi darvozabonEng namunali oʻyinchi 2012-2013 Hasaacas Ladies 2-1 Fabulous LadiesAgnes Aduako Samira Suleiman
(14 ta gol)Samira Sulemanhech kimga berilmagn 2013-2014 Hasaacas Ladies 0-0 (asosiy vaqtda) 5-3 (penaltilar seriyasida) Fabulous LadiesAgnes Aduako (17 ta gol)Janet EgyirSusan Atsemhech kimga berilmagn 2014-2015 Hasaacas Ladies 1-0 Ampem DarkoaSamira SuleimanJanet EgyirBeatrice Ntiwaa NketiaPrincella Adubea 2015-2016 Ampem Darkoa 1-0 Hasaacas LadiesPrincella Adubea (19 ta gol)Grace AsantewaaEvelyn Yeboahhech kimga berilmagn 2017 Ampem Darkoa 1-0 Lady StrikersPrincella Adubea (16 ta gol)Priscilla OkyereKerrie McCarthyhech kimga berilmagn2018Liga oʻyinlari oʻtkazilmagan2019Hasaacas Ladies3-2Ampem DarkoaPepertual Agyekum (9 ta gol)Grace AsantewaaEvelyn YeboahConstance Serwah Agyemang2019-2020Liga oʻyinlar Covid-19 tufayli toʻxtatilgan2020-2021Hasaacas Ladies4-0Ampem DarkoaOphelia Serwaa Amponsah
(17 ta gol)Constance Serwah AgyemangGrace BanwaComfort Yeboah2021-2022Ampem Darkoa
Chempion jamoalar +JamoaJoylashgan shaharChempion boʻlgan mavsumlarChempionliklar soniOxirgi chempion boʻlgan mavsumHasaacas LadiesSekondi-Takoradi, Western Region2012-2013, 2013-2014, 2014-2015, 2020-202142020-2021Ampem Darkoa LadiesTechiman, Bono East Region2015-2016, 201722017
Homiylik 2012-yilda tashkil etilganidan beri 2017-yilgacha Gana Ayollar Premier-ligasining asosiy homiysi yoʻq edi va liga ham oddiygina Milliy ayollar ligasi deb atalardi. Biroq, 2018-yilda Groupe Nduom filiali hisoblangan FreshPak tashkiloti Gana Ayollar Premier-ligasining birinchi homiysi sifatida eʼlon qilindi. Kompaniya 2018-yilgi mavsumdan boshlab keyingi ikki mavsumda 500 000 GH ¢ (Gana pul birligida)ga teng miqdorda xarajat qilganini maʼlum qilgan. Davr Homiy Liga nomi 2012-2017 Homiy yoʻqTurkum:CS1 maint: url-status Milliy ayollar ligasi 2018-2019 FreshPakTurkum:CS1 maint: url-status FreshPak Milliy Ayollar Ligasi 2019 — hozirgi kungacha Homiy yoʻq Gana Ayollar Premier-ligasi
2020-yil oktabr oyida Gana futbol assotsiatsiyasi 2020-yildan boshlab keyingi toʻrt yil davomida Gana Ayollar Premier-ligasi uchun futbol toʻplari va sport mahsulotlarini yetkazib berish uchun Decathlon fransuz sport tovarlari firmasining Ganadagi filiali Decathlon GH bilan toʻrt yillik homiylik shartnomasini imzoladi.
OAV yoritilishi 2020-yil fevral oyida Gana futbol assotsiatsiyasi Gana Premer-ligasining 2019—2020-yilgi mavsumidan boshlab olti yilga StarTimes Television bilan translatsiya huquqi homiylik shartnomasini imzoladi. Bitimning bir qismi sifatida StarTimes birinchi yilda Gana Birinchi ligasi va Gana Ayollar Premer-ligasi oʻyinlarining ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi va yoyilishini qoʻllab-quvvatlash uchun 100 000 dollar ajratdi. Keyingi besh yil davomida Satr Times 50 000 dollar sarflashni rejalashtirmoqda.
Shartnoma doirasida StarTimes Sports va Max TV aksiyadorlari 2020—2021-yilgi Gana ayollar Premer-ligasi finalini va 2020—2021-yilgi Gana ayollar kubogi finalini translatsiya qilishdi.
Yana qarang
Ganadagi ayollar futboli Gana ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi Gana ayollar Superkubogi
Manbalar
Havolalar
Liga federatsiya veb-sayti
Turkum:Afrikadagi ayollar assotsiatsiyasi futbol ligalari