Obi non — „Oddiy oʻzbek nonlari“ guruhiga  kiradigan non turi. Bu non mahsulotlarini ishlab chiqarish tub aholining tarixiy shakllangan urf odatlariga koʻra rivojlangan. Anʼanaviy texnologiyaga koʻra, oʻzbek nonlari maxsus tandirlarda (pishiriladi) yopiladi.

Tayyorlanishi Obi non yuqori sifatli bugʻdoy unidan qilinadi. Uning ogʻirligi 0,2 — 0,4 kg boʻladi. Bu non uchun kerak boʻlgan masalliqlarning ogʻirlik nisbati quyidagi 1-jadvalda koʻrsatilgan. Poygir tayyorlash uchun kerakli suvning miqdori drojji (achitqi) ning namligiga va berilgan namlikka qarab belgilanadi. +1-jadval1MasalliqOgʻirlik1Un1002Tuz1,53Oʻsimlik yogʻi0,15 Obi nonning xamiri bir bosqichda (xamirturush, suyuq drojji) yoki ikki bosqichda (poygir-xamir) tayyorlanadi.

Poygirda xamir qilish. thumb|400x400px|Obinovvot non. Obi nonga shakar qoʻshib tayyorlanadi. Buning toʻliq sikli ikki bosqichdan — poygir va xamir tayyorlashdan iborat. (2-jadval) +2-jadval. Poygir tayyorlash retsepturasi va rejimi (xamir uchun 100 kg un sarflanadi deb hisoblaganda)1Un37 kg2Suv8 l3Namligi 92—94% boʻlgan suyuq drojji15 l4Qorilgan xamirning dastlabki temperaturasi29 — 30°5Dastlabki kislotaliligi2 — 4°6Dastlabki namligi41 — 43%7Oshish muddati240 minut8Oxirgi temperaturasi29 — 30°9Oxirgi kislotaliligi5— 5°10Oxirgi namligi43,3—43,5% Tayyor poygirga xamir qoriladi. (3-jadval) +3-jadval. Poygirda xamir tayyorlash retsepturasi va rejimi1Un62 kg2Suv31 l3Tuz1,5 kg4Poygirhammasi5Dastlabki kislotaliligi2,5 — 3°6Dastlabki namligi40,4 — 41,6°7Qorish muddati8 — 10 minut8Oshish muddati30 minut9Oxirgi temperaturasi31 — 32°10Oxirgi kislotaliligi3— 3,5°11Oxirgi namligi40,4—41,6%

Xamirturush solib xamir tayyorlash. Obi non uchun xamirturush solib ham xamir qilish mumkin. (4 va 5-jadval) +4-jadval. Xamirturush tayyorlash retsepturasi va rejimi1Quyuq qaynatma shoʻrva1,5 l (38°)2Piyoz0.5 kg3Qatiq0,2 kg4Un3 kg5Oshish muddati16 soat6Oxirgi temperaturasi29° Bu va boshqa jadvallarda ham temperatura Selsiy graduslarida, kislotalilik esa Neyman graduslarida beriladi. +5-jadval. Xamirturush solib xamir tayyorlash retsepturasi va rejimi1Un81 kg2SuvBelgilanganicha3Suv temperaturasi38°4Xamirturish28 kg5Dastlabki temperaturasi29°6Oshish muddati40 minut7Oxirgi temperaturasi29° Tayyor xamir qoʻlda yoki mashinada toʻrt yuz grammli non uchun ogʻirligi 460 g dan, ikki yuz grammli non uchun 240 g dan qilib (suvi qochishi va qurib kamayishini hisobga olgan holda) boʻlaklarga boʻlinadi. Soʻngra ular zuvala qilinib, tinish uchun 25—30 minut oʻrab qoʻyiladi. Shundan keyin non yasalib, tandirga yopiladi. Ikki yuz grammli nonning pishishi 340° temperaturada 7—8 minut, toʻrt yuz grammli nonniki 10 minut davom etadi. Obi nonning chekkalari qalin, oʻrtasi yupqa va chakichlangan, yuzi tekis va silliq boʻladi. Rangi bir tekisda toʻq sariq, magʻzi yaxshi pishgan va yumshoq, tarkibidagi suv miqdori 38%, kislotaliligi 3° boʻladi. Laboratoriyadan olingan namunalar (oʻndan ortiqroq) ni sanitariya-gigiena jihatdan tekshirish quyidagi natijalarni berdi. Ayrim namunalarning ogʻirligi 195 — 204 g oʻrtasida; nonlarning koʻpchiligi 200 g keladi. Ularning chekkasi tekis, shakli toʻgʻri edi. Nonlar juda mazali, achimagan, oʻziga xos xushboʻy edi. Ularning tarkibidagi suv 25 — 32% oʻrtasida oʻzgarib turdi. Kislotaliligi Neyman boʻyicha 3° ni tashkil etdi.

100 g mahsulotda oqsillar miqdori (Keldal metodi bilan aniqlanadigan) 7,0-8,2%,

yogʻlar (Sokslet boʻyicha) 0,74—1,07%,

uglevodlar 58,2 — 60,9%;

V1 vitamini 0,08 — 0,1 mg %;

kalsiy (CaO) 18—20 mg,

fosfor 180 — 183 mg borligi aniqlandi.

100 g miqdordagi mahsulotda 1,0—1,4 g atrofida zolning boʻlishi maʼlum boʻldi.

Tekshirilgan namunalardan 100 g nonning kaloriyasi 276,7—309,5 kkal; Ogʻirligi 200 g boʻlgan nonlarning kattaligi quyidagicha boʻldi: tashqi diametri 18 sm, ichki diametri 7 sm, chekkasining qalinligi 2,2—2,5 sm, oʻrtasining qalinligi 1 sm; ogʻirligi 400 g boʻlgan nonlarda shunga muvofiq, 23 — 24 sm, 11 — 12 sm, 3 — 4 sm va 1 sm boʻladi. Tayyor obi nonlarning sovush muddati havo temperaturasi 24 −25° va nisbiy namlik 79—80% boʻlgan sharoitda 35 minut. Yuziga sedana, kunjut, zira sepilgan nonlar birinchi sort bugdoy unidan ogʻirligi 0,2 kg qilib tayyorlanadi. Sedana va kunjut sepilgan nonlarni tayyorlashning texnologik protsessi obi nonni tayyorlash prinsipidan farq qilmaydi. Bunda yasalgan nonga chakich urilgandan keyin sedana, kunjut va zira sepiladi. Sedana, kunjutda uchuvchan efir moylari boʻlganidan, ular mazali boʻladi. Ular juda oz miqdorda boʻlsa ham hid va mazani sezadigan organlarga kuchli taʼsir etadi. Sedana, kunjut, zira va boshqa dorivorlar sepilgan nonlarda alohida maza va xushboʻy hid boʻlganligi uchun koʻp isteʼmol qilinadi. Bitta nonga taxminan 0,2-0,5 g sedana yoki kunjut, yoki zira sepiladi.

Yana qarang Oʻzbek nonlari Shirmoy Gijda Patir Osiyoi non

Manbalar

Turkum:Oziq-ovqat Turkum:Alifbo boʻyicha taomlar Turkum:Oʻzbek nonlari