Chancelor Johnathan Bennett — (1993-yil 16-aprelda tugʻilgan), professional Chance the Rapper taxallusi bilan tanilgan, amerikalik reper, qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va prodyuser. Chikagoda tugʻilib oʻsgan Bennett 2012-yilda oʻzining „10 Day“ debyut miksteypini chiqardi. U 2013-yilda oʻzining ikkinchi miksteypi „Acid Rap“ni chiqarganidan soʻng tanila boshladi. Keyinchalik u 2016-yilda o‘zining uchinchi miksteypi „Coloring Book“ni chiqardi va u tanqidchilar tomonidan eʼtirof etildi. Bu unga uchta Grammy mukofotini, jumladan, eng yaxshi rep albomi mukofotini taqdim etdi, bu uning Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi striming albomi boʻldi va Billboard 200da sakkizinchi oʻrinni egalladi. Uning debyut studiya albomi „The Big Day“ 2019-yilda chiqdi.
Yakkaxon karyerasidan tashqari, Bennett Chikagodagi Savemoney guruhining aʼzosi va „The Social Experiment“ guruhining vokalisti. 2015-yilda karnaychi Niko Segal boshchiligidagi „Surf“ albomini chiqardilar. U oʻzi istiqomat qiladigan Chikagoda ijtimoiy faollik jamoasini tuzgan.
Karyera boshlanishi
Johnathan Bennett oʻrta maktabda uning baʼzi oʻqituvchilari uning musiqachi boʻlishga intilishlarini masxara qilishgan. 2011-yil boshida, marixuana saqlaganligi uchun 10 kun kampusda yashashga majbur boʻlgan, shu sababli Bennet 2011-yil boshida oʻzining birinchi loyihasini, „10 Day“ (10 kun) miksteypini yozdi. 2011-yil dekabr oyida u „Windows“ nomli qoʻshigʻini chiqardi va oʻzining „10 day“ loyihasini omma oldida eʼlon qildi. 2012-yil fevral oyida Bennett Complex jurnalining „10 New Chicago Rappers to Watch Out For“ (Eʼtibor qilish kerak boʻlgan 10 ta yangi Chikago rapperi) roʻyxatidan joy egallagan. Bennet miksteypni 2012-yil 3-aprelda chiqardi va shu vaqtdan beri u „DatPiff“ sayti orqali 500 000 martadan ortiq yuklab olindi. Miksteyp mahalliy aholi tomonidan yaxshi qabul qilindi. Miksteyp ham Forbes jurnalining eʼtiborini tortdi, u nashrning „Cheap Tunes“ ruknida aks ettirilgan.
Diskografiya
+ Studiya albomlari roʻyxati va tafsilotlari Nomi Tafsilotlari Chartdagi oʻrni US AUS BEL CAN DEN IRE NLD NOR NZ UK The Big Day Released: July 26, 2019 Label: Self-released Format: CD, Vinyl, streaming, digital download 2 7 45 3 16 18 16 34 10 17
Filmografiya Filmlar Yil Film Roʻl Eslatma 2018 Slice Dax Lycander 2019The Lion King Bushbaby2019Between Two Ferns: The Movie Chance The Rapper2021Chance The Rapper’s Magnificent Coloring WorldChance The RapperConcert film Qisqa filmlar
Film Roʻl Eslatma2013Clapping for the Wrong Reasons Marcus2015Mr. HappyVictor2019Steven Universe: The MovieQoʻshiq muallifiTV movie
Manbalar
Turkum:Reper Turkum:Rep Turkum:AQSH Turkum:Hip Hop