Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2004 21-maydan 4-iyunga qadar Rossiyaning Elista shahrida boʻlib oʻtadi. Unda Antoaneta Stefanova gʻalaba qozonadi. U finalda Yekaterina Kovalevskayani 2½: ½ hisobida magʻlubiyatga uchratadi.

Chempionat 64 oʻyinchi ishtirokidagi turnir koʻrinishida oʻtkaziladi. Bu vaqtgacha shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 2 ta jahon chempionati huddi shunday formatda oʻtkazilgan edi. Bunday formatda shaxmatchilar chempionlikkacha yetib borishlari uchun ketma-ket 6 ta raqibini yengishlari kerak boʻlib, bu formatda chempionlikni himoya qilish degan tushuncha boʻlmas edi.

Ishtirokchilar Malakali oʻyinchilarningList of Qualifiers for Women Chess Championship 2004 FIDE Elo reytingiga koʻra (2004-yil aprel holatiga koʻra) ketma-ketligi.

Judit Polgar (ayollar reytingida 1-oʻrin — va umumiy reytingda 9-oʻrin), Xie Jun (2-oʻrin), Chju Chen (8-oʻrin), Qin Kanin (14-oʻrin), Inna Gaponenko (18-oʻrin) va Sofiya Polgar (19-oʻrin) bu chempionatda qatnashmaydi.

Eʼtiborlisi, bu chempionat amaldagi chempion (Chju Chen) o‘z unvonini himoya qilishga urinmagan ayollar o‘rtasidagi ketma-ket ikkinchi jahon chempionati bo‘ldi.

Kvalifikatsion darajalar

WC: Ikkinchi oʻrin va yarim finalchilar Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2001 (3) J: Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni 2002 R: Reyting (2002-yil iyul oyining oʻrtacha reytingi va 2003-yil yanvar oyining reyting roʻyxatidan foydalanilgan) (6) E: Yevropa shaxsiy chempionati 2002 va 2003-yillar (29) AM: Shaxmat boʻyicha Amerika qitʼa chempionati 2003

AS: Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionati 2003 (3) AF: Shaxmat boʻyicha Afrika chempionati 2003 (3) Z2.1 (3), Z2.2, Z2.3, Z2.4, Z2.5, Z3.1, Z3.2, Z3.3 (2), Z3.5 (4), Z3.6: Mintaqaviy turnirlar PN: FIDE Prezident nomzodi (2)

Chempionat shakli Har bir juftlik bahslari ikki kun davomida oʻynaladigan ikkita oʻyindan iborat edi. Klassik oʻyinlarda 40 ta harakat uchun 90 daqiqa va 41-harakatdan boshlab 30 daqiqa qoʻshib hisoblanar edi. Agar durang qayd etilsa, ertasi kuni tay-brek oʻynaladi. Tay-breyklarning formati quyidagicha edi:

Ikkita tezkor oʻyin (25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi. Agar hisob yana teng boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (10 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi. Agar ushbu ikki oʻyindan keyin ham durang qayd etilsa, raqiblar ikkita blits oʻyinini oʻtkazishadi (5 daqiqa va 3 soniya oraligʻi). Agar juft blits oʻyinlaridan keyin ham hisob teng boʻlsa, bitta Armageddon oʻyini (oq gʻalaba qozonishi kerak, qora faqat durang oʻynashi kerak) oʻynaladi. Oqda 5 daqiqa, qorada 4 daqiqa va ikkala oʻyinchida ham 61-harakatdan boshlab uch soniyalik interval boʻladi.

Natijalar

Final oʻyini Finalda Ekaterina Kovalevskaya va Antoaneta Stefanova oʻzaro behs olib borishadi. Klassik vaqt nazorati bilan oʻtkazilgan 3 ta oʻyindan soʻng gʻolib nomi aniq boʻldi. Finalda Antoaneta Stefanova 2½:½ hisobida gʻalaba qozonib, chempionlikni qoʻlga kiritadi. 1234Jami00½—½11½2½

Turnir jadvali

Manbalar

Turkum:Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati