Viktor Leonardo Kuesta () 1988-yil 19-noyabrda tugʻilgan. Argentinalik futbolchi, „Botafogo“ va Argentina terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati Kuesta Sarandi shahridan „Arsenal“ klubining futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2010-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u „Defensa“ va „Justicia“ klublariga ijaraga oʻtdi. 31-yanvar kuni „Tiro Federal“ga qarshi oʻyinda Viktor Argentina Primera B ligasida debyut qildi. 10-aprel kuni „Atletiko Rafaela“ga qarshi bahsda Kuesta yangi jamoasi safidagi ilk golini urdi. 2011-yilning yozida u „Arsenal“ga qaytdi. 30-oktabr kuni „Independiente“ga qarshi oʻyinda Vkitor Argentina Primer ligasida debyut qildi. 2012-yilda u klubga Argentina chempionatida gʻalaba qozonishiga yordam berdi. 2013-yil 18-mart kuni „San-Martin San-Xuan“ga qarshi kechgan duelda Kuesta „Arsenal“ safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yilning yozida u „Xurakan“ga ijaraga oʻtdi. 6-avgust kuni „Krusero del Norte“ga qarshi oʻyinda Viktor yangi klubida debyut qildi. 2014-yilning 23-martida „Patronato“ga qarshi kechgan duelda u „Xurakan“ uchun birinchi golini urdi. Kuesta jamoaga Argentina kubogini yutishda yordam berdi.
2014-yil qishda Viktor „Independiente“ klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 400 ming yevroni tashkil qildi. 17-avgust kuni „Estudiantes“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 18-noyabr kuni „Lanus“ga qarshi duelda Kuesta „Independiente“ uchun birinchi golini urdi.
2017-yil boshida u A Seriyaga qaytish vazifasi qoʻyilgan Braziliya „Internasional“ jamoasiga oʻtdi.
Xalqaro faoliyati 2016-yilning 28-may kuni Kuestra Argentina terma jamoasida Gondurasga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi. Oʻsha yilning yozida Viktor AQShda oʻtkazilgan Amerika kubogining kumush medali sohibiga aylandi. Turnirda u Boliviya va AQSh jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Boliviyaliklarga qarshi kechgan duelda esa terma jamoadagi ilk golini urdi.
2016-yil yozida Viktor Argentina olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Portugaliya va Jazoir jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
Argentina termasidagi gollari № sana Stadion Raqib Natija Musobaqa 1. 2016-yil 15-iyun Century Link Field, Sietl, AQSh Boliviya 3 :0 Amerika kubogi 2016
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar