Luk Pol Yang () 1979-yil 19-iyul Angliyada tugʻilgan. Pol Yang ingliz futbolchisi boʻlib, maydonda himoyachi vazifasini bajargan.

Faoliyati Yang oʻz faoliyatini 1997-yilda „Tottenxem“ da oʻynab boshlagan va 58 oʻyinda maydonga tushgan, asosan burchak himoyachisi vazifasini bajargan. 2001-yilda 4 million funt sterling evaziga „Charlton Athletic“ga oʻtgan .

„Tottenxem“dan koʻchib oʻtgandan soʻng, Yang „Charlton“ libosida 180 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va Mark Fish, Xorxe Kosta va Jonatan Fortyun kabilar bilan himoyada oʻynagan. 2005-yilning bahorida u muxlislar tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlangan.

2006-yil 19-iyulda Yang „Charlton“ bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolagan . Biroq, „Charlton“ 2006/07-yilgi mavsumda keskin pasayib ketdi va mavsum davomida 3 nafar murabbiyni almashtirganiga qaramay, Premer-ligadan tushib ketdi va 19-oʻrinni egallagan. Yang oʻzini transferga qoʻyishni talab qildi, bu klub rahbariyati tomonidan qabul qilindi. 2007-yilning iyul oyida u 2,5 million funt sterling evaziga „Midlsbro“ga koʻchib oʻtdi .

Yang „Midlsbro“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U Premer-liganing 4-turida „Newcastle United“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U klubdagi birinchi va yagona golini 2007-yil 3-noyabrda sobiq jamoasi „Tottenxem“ga qarshi o‘yinda kiritgan. 2008-yil 7-avgustda „Aston Villa“ 6 million funt sterling evaziga oʻtgan .

„Aston Villa“ bilan Luk 3 yillik shartnoma imzoladi. U Premer-liganing 2008/09-yilgi mavsumida „Manchester City“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻng qanot himoyachisi sifatida bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlardan soʻng, Yang „Aston Villa“ muxlislari orasida eng sevimli futbolchiga aylangan.

2011-yil 29-avgustda Yang „Queens Park Rangers“ bilan shartnoma imzolagan.

Statistika Milliy jamoaYilOʻyinlarGollarAngliya terma jamoasi200570Jami70 Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari