Larysa Varona, shuningdek, Larisa Varona nomi bilan tanilgan (1983-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — belaruslik changʻichi, biatlonchi va eshkak eshish bilan shugʻulanuvchi sportchi. U Belorussiyani 4 ta qishki Paralimpiya oʻyinlarida changʻi sporti va biatlon boʻyicha (2006, 2010, 2014 va 2018) va eshkak eshish boʻyicha 2012-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Belarusiya jamoasi sharafni munosib himoya qilgan.

Biografiya Larisa Varona 1983-yil 22-yanvarda tayanch-harakat nuqsoni bilan tugʻilgan. Shu nuqsoni sabab Larisa Varona Olimiyada oʻuinlarida emas balki Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan. U oʻn bir yoshida changʻi uchish bilan mustaqil ravishda shugʻullana boshlagan. Larisa Varona 23 yoshida Belarusiya sharafni Qishki Paralimpiya oʻyinlarida himoya qila boshlagan.

Faoliyati U 2006-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida 23 yoshida Belarus uchun Paralimpiya oʻyinlarida debyut qilgan va oʻzining birinchi Paralimpiya musobaqasida ayollar oʻrtasida changʻida 3 × 2,5 km estafeta ochiq toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Larysa Varona 2006-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida Belarussiya terma jamoasi tarkibida sovrindor boʻlgan eng yosh sportchi bolgan. Varona, shuningdek, 2010-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ayollar changʻisi 3 x 2,5 km ochiq estafeta va changʻi boʻyicha 5 km klassik musobaqalarda 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan. U 2014-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ham qatnashgan, ammo bu musobaqada Varona sovrindorlar qatorida boʻlmagan.

Varona xalqaro eshkak eshish musobaqalarida ham qatnashgan va 2012-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻz ona yurtni himoya qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan va aralash toʻrtlik musobaqalarida qatnashgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar