2010-yilning 2-24-dekabr kunlari Turkiyaning Antokiya shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Turnir avvalgilari kabi 64 oʻyinchidan iborat knock-out formatida oʻtkaziladi. Har bir juftlik bahslari ikkita oʻyindan iborat boʻlib, har bir oʻyinchi 1 ta oʻyinda oq, ikkinchisida qora donalar bilan oʻynashadi. Agar 2 ta klassik oʻyindan soʻng durang boʻlib qolsa, ertasi kuni ikkita tezkor oʻyin va bu oʻyinlarda ham durang boʻlib qolsa-Armageddon oʻyinidan iborat tay breyklar (time break) oʻtkaziladi. Final klassik vaqt nazorati boʻyicha toʻrtta oʻyindan iborat boʻlib, ularda durang natija qayd etilsa yana toʻrtta tezkor tay-brek oʻyinlari oʻtkaziladi.

20-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida chempionlikni xitoylik Hou Yifan qo‘lga kiritadi. U finalda o‘z hamyurti Ruan Lufeyni 5:3 hisobida mag‘lub etadi va 16 yoshida tarixdagi ayollar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioniga aylanadi2010 Womenʼs World Championship — Hou Yifan is world champion! ChessBase; December 24, 2010.

Ishtirokchilar Oʻyinchilar 2010-yil noyabr oyidagi Elo reytinglari boʻyicha quyidagi ketma-ketlikni egallagan edilar va bu ketma-ketlikda amaldagi chempion Aleksandra Kostenyuk 1-raqamli shaxmatchi boʻladi.

Kvalifikatsion darajalar

Chempionatda qatnashmagan mashhur shaxmatchilar Dunyoning birinchi raqamli shaxmatchi ayoli Judit Polgar hech qachon ayollar chempionligi uchun kurashmagan va bu safar ham qatnashmaydi. Uning singlisi Tatyana (4-oʻrin) ushbu chempionatda qatnashgan boʻlsa ham dunyoning beshinchi raqamli ayol shaxmatchisi Nadejda Kosintseva ushbu chempionatda qatnashmaydi. Yigirmatalikka kirgan boshqa shaxmatchilar: Irina Krush (17-oʻrin), sobiq finalchi Alisa Galliamova (19-oʻrin) va sobiq chempion Xu Yuxua (20-oʻrin) ham chempionatda qatnashishmaydi.

Iweta Rajlich va Arianne Caoili ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilganiga qaramay chempionatda qatnasha olmaydi. Ularning rejalashtirilgan raqiblari Yovanka Xouska va Ju Venjun avtomatik tarzda ikkinchi turga yoʻl olishadi.

Natijalar

Final uchrashuvi +Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati finali-2010 1 2 3 4 R1 R2 R3 R4 Jami ½ 0 ½ 1 ½ 0 ½ 0 3 ½ 1 ½ 0 ½ 1 ½ 1 5

Turnir jadvali

Manbalar

Turkum:Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati