Ilhom Shomurodov (1984-yil 28-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Ilhom Shomurodov futbolchilar oilasida dunyoga kelgan, Akasi Azamat va ukasi Oʻzbekiston quyi ligalarida toʻp surgan. Uning eng mashhur qarindoshi, uning jiyani, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovdir.

Faoliyatini 2004-yilda Termizning „Surxon“ tarkibida boshlagan, 2005-yil oxirigacha bu jamoada 10ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2006-yilda birinchi ligada toʻp surgan Sariosiyoning „Toʻpalang“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. „Toʻpalang“ klubida oʻtkazgan ikki mavsum davomida u 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

2008-yil boshida u oliy ligada Muborakning „Mashʼal“ klubiga oʻtib, bir mavsumda 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2009-yilgi mavsum oraligʻida Qarshining „Nasaf“ klubiga oʻtib, 2012-yilning yoziga qadar oʻynagan. Bu vaqt ichida 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi. 2012-yil oʻrtalarida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga ijara asosida oʻtdi va beshta oʻyinda maydonga tushdi. 2013-yil boshida u „Nasaf“ga qaytdi. 2013-yil may oyida Oʻzbekiston Oliy ligaasida 150 uchrashuvini Nasaf tarkibida oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Kubogi baxslarida 4 ta gol urib Nasaf jamoasining Kubok chempioni boʻlishida katta xissa qoʻshgan. Shu mavsumning oʻzida „Nasaf“ klubining Oliy liga baxslaridagi 1000 goli muallifiga aylanib tarixga kirdi. 2017-yilgi mavsum oldidan Ketma ket olingan jaroxatlar tufayli faoliyatini yakunlashga majbur boʻldi.

Yutuqlar Nasaf Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2009, 2010, 2013, 2014 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2015 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2013 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016 OFK kubogi sohibi: 2011

Bunyodkor Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2012 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2012 Shaxsiy hayoti Akasi — Otabek (1974), jiyani Eldor (1995) va Ogʻabek (2005), futbolchilar. Manbalar

Havolalar Ilhom Shomurodov Footballfactsru saytida Ilhom Shomurodov Soccerway saytida Ilhom Shomurodov Transfermarkt saytida Ilhom Shomurodov

Turkum:Surxondaryoda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Toʻpalang klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari