Shotlandiya ayollar Premier-ligasi (qisqartma holida baʼzi manbalarda SWPL koʻrinishida ham uchraydi) Shotlandiyadagi ayollar futbolidagi eng yuqori darajadagi liga musobaqasidir. Shotlandiya ayollar Premier-ligasining ikkita diviziyasi bor: (SWPL 1| 1-diviziya) va SWPL 2|2-diviziya).
Diviziyalardagi jamoalar soniga toʻxtalsa, (2022—2023-yilgi mavsumda) SWPL 1da 12 ta va SWPL 2da sakkizta klub ishtirok etayotgan edi. Shotlandiya ayollar Premier-ligasida Glasgow City jamoasi 15 marta liga chempionligini qoʻlga kiritgan (shu jumladan, 2007-yildan 2021-yilgacha ketma-ket 14 marta). Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1-diviziyasi chempioni va ikkinchi oʻrin egalari UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma olishadi.
2002-yildan boshlab Shotlandiya ayollar Premier-ligasi Shotlandiya ayollar futboli federatsiyasi tomonidan boshqariladi. Biroq keyinchalik Shotlandiya ayollar Premier-ligasi boshqaruvi 2007-yilda Shotlandiya Futbol Assotsiatsiyasi, 2022-yilda Shotlandiya Professional Futbol Ligasiga oʻtgan. Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 2009-yildan 2020-yilgacha yoz-mavsum formatida (aprel oyidan oktabr oyigacha) oʻtkazilgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/96/Danielle_Carter_Goal_%2810763385236%29.jpg/300px-Danielle_Carter_Goal_%2810763385236%29.jpg|thumb|300x300px| Glasgwo City, Shotlandiya ayollar Premier-ligasining eng muvaffaqiyatli klubi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3f/MotherwellLadiesTrophyPresent.jpg/300px-MotherwellLadiesTrophyPresent.jpg|thumb|300x300px| Motherwell jamoasi 2018-yilda Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 2-diviziya kubogi qoʻlga kiritdi
Formati 2002—2003-yildan 2008—2009-yilgacha Shotlandiya ayollar Premier-ligasi Shotlandiya erkalar Premier-ligasi singari Shotlandiya futbolining anʼanaviy kuz-bahor taqvimiga amal qildi. Lekin keyinchalik Shotlandiya ayollar futboli federatsiyasi barcha ligalarni yozgi formatga oʻzgartirdi va Shotlandiya ayollar Premier-ligasini 2009-yildan 2020-yilgacha apreldan noyabrgacha davom etadigan yozgi ligaga aylandi. 2020-yilgi Shotlandiya ayollar Premier-ligasi mavsumi COVID-19 tufayli bekor qilindi va Shotlandiya ayollar futboli 2020—2021-yilgi mavsumdan boshlab yana qish mavsumi formatiga qaytdi.
Shotlandiya ayollar Premier-ligasi chempionlari 2003-yildan beri UEFA Ayollar Kubogi/Ayollar Chempionlar Ligasida qatnashish huquqiga ega. 2001-yilda Shotlandiya ayollar Premier-ligasining Ayr Yunayted jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi saralashidan oʻtgan birinchi Shotlandiya klubi boʻlgan. „Glasgow City“ UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida 1/8 finalga (2008—2009) va chorak finalga (2014-2015, 2019-2020) yetib kelgan birinchi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi klubi boʻldi.
2022—2023-yilgi mavsum jamoalari
Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1-diviziya link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f3/New_Douglas_Park_-_1.jpg/220px-New_Douglas_Park_-_1.jpg|thumb| Hamilton Academical jamoasining uy maydoni, New Duglas park Klub Joylashgan shahar Uy stadioni Sigʻimi 2021—2022-yilgi mavsumdagi oʻrni Aberdeen Cove Bay Balmoral Stadium 2,602 5 Celtic Airdrie Excelsior Stadium 10,101 3 Dundee United Dundee Gussie Park aniqlanmagan 1 (2-diviziyada) Glasgow City Springburn Petershill Park 1,000 2nd Glasgow Women Glasgow New Tinto Park 1,000 2 (2-diviziyada) Hamilton Academical Hamilton New Douglas Park 6,018 10 Heart of Midlothian Edinburgh Oriam 1,000 8 Hibernian Edinburgh Meadowbank Stadium aniqlanmagan 4 Motherwell Motherwell Alliance Park 500 7 Partick Thistle Springburn Petershill Park 1,000 9 Rangers Milngavie Broadwood Stadium 8,086 1 Spartans Edinburgh Ainslie Park 3,000 6
Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 2-diviziya link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ef/Rugby_Park.jpg/220px-Rugby_Park.jpg|thumb| Kilmarnok jamoasining uy stadioni, Regby Park Klub Joylashgan shahar Uy stadioni Sigʻimi 2021—2022-yilgi mavsumdagi oʻrni Boroughmuir Thistle Edinburgh Meadowbank Stadium aniqlanmagan 3 East Fife Methil Bayview Stadium 1,980 2nd (Shimoliy chempionatda) Gartcairn Airdrie MTC Park 300 1st (Janubiy chempionatda) Kilmarnock Kilmarnock Rugby Park 17,889 4 Montrose Montrose Links Park 4,936 1st (Shimoliy chempionatda) Queenʼs Park Glasgow Lesser Hampden 1,000 6 St Johnstone Perth McDiarmid Park 10,696 5 Stirling University Stirling Gannochy Sports Centre 1,000 7
Chempion jamoalar roʻyxati Quyida Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1- va 2-diviziya mavsumlari chempion jamoalari roʻyxati berilgan.
Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1-diviziyasi
Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Man.2002-2003KilmarnockHibernian 2003-2004HibernianGlasgow City2004-2005Glasgow CityHibernian 2005-2006HibernianGlasgow City2006-2007HibernianGlasgow City2007-2008Glasgow CityHibernian2008-2009Glasgow CitySpartans2009Glasgow CityCeltic 2010Glasgow CityCeltic 2011Glasgow CitySpartans 2012Glasgow CityForfar Farmington 2013Glasgow CityHibernian2014Glasgow CityRangers2015Glasgow CityHibernian2016Glasgow CityHibernian 2017Glasgow CityHibernian2018Glasgow CityHibernian 2019Glasgow CityHibernian2020Toʻxtatilgan2020-2021Glasgow CityCeltic2021-2022RangersGlasgow City Rangers end 14 years of Glasgow City dominance with historic SWPL title win, Rangers News, 8 May 2022
Chempion jamoalar reytingi Reyting Klub Chempion Ikkinchi oʻrin1Glasgow City1532Hibernian393Rangers114Kilmarnock105Celtic036Spartans027Forfar Farmington01
Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 2-diviziya
Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Man.2016Hamilton AcademicalHeart of Midlothian2017Forfar FarmingtonGlasgow Girls2018MotherwellFC Kilmarnock2019Heart of MidlothianHamilton Academical2020Toʻxtatilgan2020-2021AberdeenHamilton Academical2021-2022Dundee UnitedGlasgow Women
Chempion jamoalar reytingi Reyting Klub Chempion Ikkinchi oʻrin1Hamilton Academical122Heart of Midlothian113Forfar, Motherwell, Aberdeen, Dundee United104Glasgow Girls & Women025Kilmarnock01
Translyatsiya qilish 2018-yil sentabr oyidan BBC Alba telekanali 2018-yilgi mavsumning qolgan qismida toʻrtta Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1-diviziya oʻyinini translyatsiya qilishi eʼlon qilindi.
Homiylik 2002—2003-yillarda Shotlandiya ayollar Premier-ligasi homiysi Thompsons Solicitors tashkiloti edi. 2018-yildan boshlab Shotlandiya ayollar Premier-ligasiga Shotlandiya qurilish jamiyati homiylik qildi. 2021-yil noyabr oyida Shotlandiya ayollar Premier-ligasiga Park’s Motor Group tashkiloti homiy boʻldi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Shotlandiya Turkum:Futbol ligalari