2006-yil 10-27-mart kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Chempionat toʻrtinchi marta 64 oʻyinchi ishtirokida knock-out turnir shaklida oʻtkaziladi.
Syu Yuxua turnir finalida Alisa Galliamovani 2½: ½ hisobida magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritadi. Eʼtiborlisi, Syu Yuxua o‘shanda uch oylik homilador boʻlgan edi.
Ishtirokchilar Oʻyinchilar 2006-yil yanvar oyidagi FIDE Elo reytingiga koʻra saralangan edilar. Bundan tashqari, istisno tariqasida amaldagi chempion Antoaneta Stefanova birinchi oʻringa qoʻyilgan edi.
Shaxmatchi ayollar oʻrtasida eng kuchli yigirmatalikdan atigi ikkita o‘yinchi ushbu turnirda ishtirok etmaydi. Bular Judit Polgar (dunyoda 1-raqamli ayol shaxmatchisi va umumiy hisobda 14-o‘rin) va Xoang Tan Trang (11-oʻrin) edi. Xoang Tan Trang ushbu turnir o‘rniga 2005 va 2007-yillardagi ochiq chempionat tadbirlarida qatnashadi.
Ishtirokchilarni tanlash usullari
WC: Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2004 Ayollar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikkinchi oʻrin va yarim finalchilari (4) J04 va J05: Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionlari 2004 va 2005 R: Reyting (2004-yil iyulidan 2005-yil yanvarigacha boʻlgan barcha eʼlon qilingan reytinglarning oʻrtacha qiymati ishlatilgan) (5) E04 va E05: Yevropa shaxsiy chempionati 2004 va 2005 (29)
AM: Shaxmat boʻyicha Amerika qitʼa chempionati 2005 yil (3) AS: Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionati 2004 (3) AF: Shaxmat boʻyicha Afrika chempionati 2005 (2) Z2.1, Z2.2, Z2.3, Z2.4, Z2.5, Z3.1, Z3.2, Z3.3, Z3.4, Z3.5 (4), Z3.6, Z4.1: Mintaqaviy turnirlar PN: FIDE Prezident nomzodlari
Chempionat shakli Har bir juftlik bahslari ikki kun davomida oʻynaladigan ikkita oʻyindan iborat edi. Klassik oʻyinlarda 40 ta harakat uchun 90 daqiqa va 41-harakatdan boshlab 30 daqiqa qoʻshib hisoblanar edi. Agar durang qayd etilsa, ertasi kuni tay-brek oʻynaladi. Tay-breyklarning formati quyidagicha edi:
Ikkita tezkor oʻyin (25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi. Agar hisob yana teng boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (10 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi. Agar ushbu ikki oʻyindan keyin ham durang qayd etilsa, raqiblar ikkita blits oʻyinini oʻtkazishadi (5 daqiqa va 3 soniya oraligʻi). Agar juft blits oʻyinlaridan keyin ham hisob teng boʻlsa, bitta Armageddon oʻyini (oq gʻalaba qozonishi kerak, qora faqat durang oʻynashi kerak) oʻynaladi. Oqda 5 daqiqa, qorada 4 daqiqa va ikkala oʻyinchida ham 61-harakatdan boshlab uch soniyalik interval boʻladi.
Chempionat oʻtkazilish sanalari
1-tur: 11-mart va 12-mart, tay-breyk 13-mart 2-tur: 14-mart va 15-mart, tay-breyklar 16-martda 3-tur: 17-mart va 18-mart, tay-breyk 19-martda Chorak final: 20-mart va 21-mart, tay-breyk 22-martda Yarim final: 23-mart va 24-mart, tay-breyk 25-martda Final: 25-martdan 27-martgacha
Natijalar
Final uchrashuvi Final uchrashuvida klassik oʻyinlarning toʻrtinchi oʻtkazilmadi, chunki Syu Yuxua uchinchi oʻyindan keyin Alisa Galliamovadan ikki ochko oldinga oʻtib boʻlgan edi 1234Jami0½0—½1½12½
Turnir jadvali Oʻyinchilar yanvar oyidagi FIDE Elo reytingiga koʻra saralangan. Standart tanlov usulida juftliklar tanlanadi, yaʼni #1-raqamli oʻyinchi #64-raqamli oʻyinchi bilan, #2-raqamli oʻyinchi #63-raqamli oʻyinchi bilan, #3-raqamli oʻyinchi #62-raqamli oʻyinchi bilan va hokazo. Juftliklar fevral oyida eʼlon qilingan.
Manbalar
Turkum:Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati