Talyat Abdulganiyevich Shayxametov (1966-yil 24-aprelda Shahrisabzda tugʻilgan) – nafaqadagi sovet va ukrainalik professional sobiq futbolchi. Uning ismi koʻpincha Talyat deb talaffuz qilinadi.
Futbolchilik faoliyati Talyat dastlab faoliyatini Shahrisabzning „Hisor“ jamoasida boshlagan. 1985-yilgi mavsumda Qarshining „Geolog“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1989-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi taklifini qabul qilgan va klub bilan shartnoma imzolagan.1990-yilda unga Qrimdan, aniqrogʻi ota-onasi qoʻngʻiroq qilishgan va Ukrainaga koʻchib kelishini soʻrashgan. Oʻsha davrda Talyat Paxtakor klubining asosiy tarkibdan joy olgan va jamoani tark etishni umuman istamasdi. Ammo otasi Tavriyaning taklifini qabul qilishni talab qilgan.
1990-yilgi mavsum oxirida, mashgʻulotlar paytida oyogʻidan ancha jiddiy jarohat olgan. Natijada, 1991-yilgi mavsumda birorta ham oʻyinda ishtirok etmagan. 1992-yilda Tavriya jamoasi tarkibida Talyat mustaqil Ukrainaning birinchi chempionatida chempioni boʻlgan. Jarohati tufayli u Tavriyaning Kiyevning „Dinamo“ klubiga qarshi „oltin uchrashuvi“da maydonga tusha olmagan.
1993-yil oxirida Talyat Isroil klublariga ijaraga berilgan. Isroilda avvaliga „Makkabi“ (Herzliya) jamoasi safida, keyinchalik Hakoah (Ramat Gan) jamoasida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati Talyat futbol faoliyatidan soʻng murabbiylikka oʻtgan. 2007-yil fevral oyida u „Krymteplitsa“ jamoasida katta murabbiy lavozimida ishlagan. Keyinchalik u IgroService murabbiylar shtabida ishlagan. 17 yoshgacha boʻlgan Ukraina terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlgan. 2015-yilning dekabr oyidan boshlab yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan.
Mukofotlari
Klublarda
Ukraina chempioni (1): 1992 Ukraina kubogi finalchisi (1): 1993/94 Ukraina chempionatining birinchi ligasi gʻolibi (1): 1997/98
Shaxsiy
Ukraina sport ustasi (1992)
Manbalar
Havolalar Talyat Shayxametov Tavariya saytida futbolchi profili Talyat Shayxametov Legioner saytida futbolchi profili
Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shahrisabz kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Hisor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:SC Tavriya Simferopol futbolchilari Turkum:Hakoah Amidar Ramat Gan F.C. futbolchilari Turkum:Maccabi Herzliya F.C. futbolchilari Turkum:FC Kremin Kremenchuk futbolchilari Turkum:MFC Mykolaiv futbolchilari
Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar