Sahob Joʻraev (1987-yil 19-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi professional futbolchi. Sahob odatda chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati MHSK oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Joʻraev faoliyatini Toshkentning „Lokomotiv“ klubida boshlagan va 2005—2007-yillarda oʻynagan. 2008—2014-yillarda „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2014-yilda yana Toshkentning „Lokomotiv“ klubigaoʻtgan va liga turnirida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2015-yilning fevral oyida Olmaliq FK bilan shartnoma imzolagan. 2016-yil boshida „Oqtepa“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bu shartnoma tez orada tugatilgan. Shundan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlab, biznes bilan shugʻullanishni boshlagan va murabbiy sifatida ham oʻqishni boshlagan.
Xalqaro oʻyinlar U 2009-yilning 11-fevralida Bahraynga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2009—2013-yillar oraligʻida Joʻraev Oʻzbekiston terma jamoasi safida 23 ta oʻyinda maydonga tushgan. Sahob 2011-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
Yutuqlar
Klub
Bunyodkor
Oʻzbekiston ligasi (5): 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 Oʻzbekiston kubogi (4): 2008, 2010, 2012, 2013
Lokomotiv
Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi (1): 2014-yil
Xalqaro
OFK Osiyo Kubogi 4-oʻrin: 2011-yil
Manbalar
Havolalar
Sahob Joʻraev Goal.com saytida Sahob Joʻraev Soccerway saytida
Sahob Joʻraev Transfermarkt saytida
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Jizzaxda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari