2005-yil – „Sihat-salomatlik yili“. Xitoy taqvimida esa xoʻroz yili hisoblanadi.

Oʻzbekiston 17-20-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi. 25-yanvar – „Sihat-salomatlik yili“ davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mart – Toshkent viloyatida „Bursel-Toshkent tekstil“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. 12-13-may – Andijon shahrida bir guruh aqidaparast va ekstremistlar tomonidan qurolli ekstremistik xurujlar sodir etildi. May – „Toshguzar—Boysun—Qumqoʻrgon“ temir yoʻl magistralining ikkinchi bosqichi – „Qumqoʻrgʻon—Boysun“ yoʻnalishi ishga tushirildi. May – Chirchiq shahrida „Barkamol avlod“ sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. May. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi. 29-iyul – 1- va 2-Toshkent tibbiot akademiyasi negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi. 1-avgust – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi. 30-avgust – Toshkent shahrining Eski shahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qayta ochildi. Oʻzbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi foydalanishga topshirildi. Avgust – Toshkentdagi Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida „Il“ning yangi avlodi – „Ilyushin Il—76 TD90 VD“ samolyoti chiqarila boshlandi. 1-sentyabr – Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi qurib bitkazildi. 5-sentyabr – Toshkent – Buxoro yoʻnalishida tezyurar yoʻlovchi tashuvchi elektr-poyezdi qatnay boshladi. 9-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi bilan XXR oʻrtasida „Doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisida“gi Shartnoma (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilindi. 11-12-sentyabr – Oʻzbekiston Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi boʻlib oʻtdi. 5-6-noyabr – Toshkentning „Oʻzbekiston“ sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi bosqichi – „Sharq goʻzali—2005“ xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. 9-noyabr – „Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. 14-noyabr – Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar. 26-27-noyabr – Toshkent shahridagi „Oʻzbekiston“ sport majmuasida kurash boʻyicha 5-jahon chempionati boʻlib oʻtdi. 29-noyabr – Toshkent shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 6-kongressi boʻlib oʻtdi. Noyabr – Moʻynoq tumanida yangi „Sharqiy Berdaq“ gaz koni ochildi. Noyabr – Fargʻona shahri aeroportidan „Fargʻona – Moskva – Fargʻona“ yoʻnalishi boʻyicha samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Noyabr – Toshkent shahrida „Yugnakiy“ yoshlar sport majmuasi ochildi. 28-dekabr – Toshkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali ochildi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi). Voqealar mart – Qirgʻizistonda „lola inkilobi“. Prezident Asqar Akaev isteʼfoga chiqdi. Keyinchalik Qurmanbek Bakiev Qirgʻiz Respublikasi prezidenti etib saylandi. may – Eronda saylov boʻlib, unda Maxmud Ahmadiy Najot prezident etib saylandi. 29-sentyabr – Ostona shahrida Butunjahon qozoqlarining III qurultoyi oʻtkazildi. 6-7-oktyabr – Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti – MOHT Evroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati xalqaro tashkilotiga Sankt-Peterburgdagi yigʻilishda qoʻshildi. noyabr – GFR tarixida birinchi ayol kishi Angela Markel kansler etib saylandi. 4-dekabr – Nursulton Nazarboev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti etib qayta saylandi. Evo Morales Boliviyada boʻlgan prezident saylovlarida gʻolib chiqdi. Daniel Ortega Nikaraguada boʻlgan prezi­dent saylovlarida gʻolib boʻldi.

Tugʻilganlar

Vafot etganlar

Nobel mukofoti laureatlari Fizika – Roy J. Glauber, John L. Hall va Theodor W. Hänsch Kimyo – Robert Grubbs, Richard Schrock va Yves Chauvin Fiziologiya va tibbiyot – Robin Warren va Barry Marshall Iqtisodiyot – Robert Aumann va Thomas Schelling Adabiyot – Harold Pinter Tinchlik – Mohamed El Baradei

*