{Musiqachi bilgiqutisi|ismi=Asilbek Jasaraluli Ensepov|asl ismi=|foto=Асылбек Енсепов.jpg|tavalludi sanasi=1980-yil 5-aprel|tavalludi joyi=Aqtoʻbe Qozoq SSR, SSSR|kasblari=Doʻmbirachi|faoliyat yillari=1999-hozirgacha|fuqaroligi= |sayt=http://www.asylbek-ensepov.kz/}}

Asilbek Jasaraluli Ensepov (1980-yil 5-aprelda Aqtoʻbe shahrida tugʻilgan) — qozoq qoʻshiqchisi, doʻmbirachi va musiqachisi. Qozogʻistonning xizmat koʻrsatgan xodim (2016). „Darin“ yoshlar davlat mukofoti sovrindori (2004). „Platiniy Tarlan“ mustaqil mukofoti laureati (2004). Qozogʻiston yoshlar ittifoqi mukofoti sovrindori (1998).

Bilimi

A.Jubanov nomidagi musiqa maktabini tamomlagan. Qurmangazi nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasini tamomlagan.

Ijodkorligi

Asilbek koʻplab festival va tanlovlar laureati (Turkiya, Fransiya). 1992-yilda „Yangi nomlar“ qozoq madaniyat jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi boʻldi. 1998-yilda „Issiqkoʻl“ estrada va xalq musiqalari xalqaro tanlovining Gran-prisi, 1998-yilda esa Qurmangʻozi nomidagi xalqaro tanlovning sovrindori boʻldi. 1998-yilda „Shabit“ Respublika ijodkor yoshlar festivali gʻolibi boʻlishi uning serqirra isteʼdodidan dalolat beradi. 1998-yilda Ensepov Asilbek Qozogʻiston yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlangan.

Diskografiyasi

1998 (audiokaseta) „Aday“ (tiraj 5000) 2006 „Buyuk Ipak yoʻli“

Davlat mukofotlari

1992-yilda madaniyat sohasida davlat ilmiy darajasini oldi. 1998-yilda Qozogʻiston yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlangan. 2004-yil Qozogʻiston Respublikasi Hukumatining „DARYN“ yoshlar davlat mukofoti laureati. 2004-yilda Qozogʻiston Mustaqil homiylar klubining „TARLAN“ mustaqil mukofoti bilan taqdirlangan. 2016-yil 5-dekabrda unga Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan xodim faxriy unvoni berildi.

Oilasi

Otasi — Jasaral Ensepov (pedagogika fanlari nomzodi, Qozogʻiston taʼlim aʼzosi) Onasi — Farida (uy ishlarida) Turmush oʻrtogʻi — Ayjan Nusipbekova Aka-uka — Oybek, Sirim.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:5-aprelda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar