„Orzu“ — oʻzbek xonandasi Lola ijro etgan qoʻshiq. 2004-yil eʼlon qilingan. Xonandaning oʻsha yili chiqarilgan „Muhabbatim“ nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham xonanda va qoʻshiqnavis Shahnoz yozgan. Qoʻshiq si minor tonalligida ijro etilgan. „Orzu“ Lola repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiq Lolaning 2020-yil eʼlon qilingan „Kel“ nomli albomiga ham kiritilgan.
„Orzu“ qoʻshigʻi rejissyor Ayub Shahobiddinov suratga olgan „Sevinch“ (2004) filmi saundrekiga kiritilganidan keyin ommalashgan. Filmda Sevinch rolini oʻynagan Lola qoʻshiqni gitara bilan ijro etgani tasvirlangan. Qoʻshiq uchun alohida klip suratga olinmagan.
Manbalar
Havolalar
„Orzu“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Orzu“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida
Turkum:Lola qoʻshiqlari Turkum:2004-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar