Saikhom Mirabai Chanu (1994-yil 8-avgustda tugʻilgan) — Hindistonlik ogʻir atletikachi. 27 yoshli MirabaI Chanu jami 201 kg tosh koʻtarib, oltin medalni qoʻlga kiritgan, bu ayni paytda davom etayotgan CWG 2022 musobaqasidan keyin Hindistonning uchinchi medali boʻlgan. U 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida ayollar oʻrtasida 49 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Mirabai Chanu Jahon chempionati va Hamdoʻstlik oʻyinlarida bir nechta medallarni qoʻlga kiritgan. U sportga qoʻshgan hissasi uchun Hindiston hukumati tomonidan Padma Shri ordeni bilan taqdirlangan. Saikhom 2018-yilda Hindiston hukumati tomonidan mayor Dhyan Chand Khel Ratna sport faxriysi bilan taqdirlangan.

Chanu 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida, Glazgoda ayollar oʻrtasida 48 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan; u Oltin qirgʻoqda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi tadbirda oltin medal uchun oʻyinlar rekordini yangilagan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oldidan uning eng katta yutugʻi 2017-yilda Kaliforniyaning Anaxaym shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritganiga toʻgʻri keladi. U 49 kg vazn toifasida dast koʻtarish boʻyicha jahon rekordchisi hisoblanadi.

Yoshligi

Saikhom Mirabai Chanu 1994-yil 8-avgustda Nongpok Kakchingdan 30 km uzoqlikdagi Imfal shahrida tugʻilgan, Manipur oʻsha mintaqaning jangchi urugʻi boʻlgan Meitei oilasigan hisoblanadi. Chanu oʻzini sanahizm izdoshi deb tanitgan, lekin u hind xudolariga ham sigʻinishini aytgan. Oilasi uning kuchini endigina 12 yoshida aniqlagan. Katta akasi hatto oʻtinni olishga ham qiynalganida, u uyiga bemalol oʻtin olib ketar edi.

Mirabai Manipurdagi Sport akademiyasida mashgʻulot oʻtkazgan. U qum olib ketayotgan yuk mashinasi haydovchilari bilan sayr qilar edi. Olimpiada medalini qoʻlga kiritgach, u yuk mashinasi haydovchilariga minnatdorchilik bildirish uchun uyiga taklif qilgan va hurmat belgisi sifatida ularning hokisorlarini olgan.

Faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/39/The_Union_Minister_for_Information_%26_Broadcasting%2C_Youth_Affairs_and_Sports%2C_Shri_Anurag_Singh_Thakur_among_others_felicitating_Tokyo_Olympics_silver_medalist_Saikhom_Mirabai_Chanu_and_her_coach_Vijay_Sharma_in_New_Delhi_on_July_26%2C_2021_%289%29.jpg/220px-thumbnail.jpg|thumb| Ittifoqning Axborot va radioeshittirish, yoshlar ishlari va sport vaziri Anurag Singx Thakur va boshqa vazirlar va rasmiylar Tokio Olimpiadasi kumush medali sovrindori Sayxom Mirabai Chanu va uning murabbiyi Vijay Sharmani 2021-yil 26-iyul kuni Nyu-Dehlida tabriklashmoqda. Chanuning birinchi yirik yutugʻi Hamdoʻstlik oʻyinlarining Glazgo nashrida boʻlgan; 48 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Rio 2016 Olimpiadasi Chanu 2016-yilgi Rio Olimpiadasiga 48 kg vazn toifasida ayollar oʻrtasidagi musobaqaga yoʻllanma olgan. Biroq u siltab koʻtarish boʻlimidagi uchta urinishining birortasida ham muvaffaqiyatli koʻtara olmagani uchun musobaqani yakunlay olmagan.

2017—2021-yillar 2017-yilda u ayollar oʻrtasidagi 48 kg vazn toifasida oʻyinda oltin medalni qoʻlga kiritdiib musobaqa rekordini oʻrnatgan, u jami 194 kg ogʻirlikni koʻtargan(85 kg dast koʻtarish va 109 kg siltab koʻtarish), 2017-yilda Anaxaymda (Kaliforniya, Qoʻshma Shtatlar) boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan.

Tokio 2020 Olimpiadasi Chanu 49 kg vant toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.2020-yil Tokioda boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida umumiy koʻtarilish 202 kgni tashkil etgan. Olimpiadada kumush medalni qoʻlga kiritgan birinchi hindistonlik ogʻir atletikachi, Karnam Mallesvaridan keyin Olimpiya medalini qoʻlga kiritgan ikkinchi hindistonlik ogʻir atletikachi va PV Sindxudan keyin Olimpiya kumush medalini qoʻlga kiritgan ikkinchi hindistonlik ayol maqomlariga ega boʻlgan. Chanu 115 kilogramni siltab koʻtarishda muvaffaqiyatli koʻtarish bilan yangi Olimpiya rekordini qayd etgan. Uning gʻalabasi Hindistonga Tokio Olimpiadasidagi ilk medalini taqdim etgan.

Tokio Olimpiadan soʻng unga Manipur bosh vaziri N. Biren Singxdan 1 mukofot puli berilishini eʼlon qilgan. Hindiston temir yoʻl vaziri Ashvini Vaishnaw unga 2 trln lik mukofot va yana boshqa sovgʻalarni eʼlon qilgan. YilMamlakatVaznBosqichlar (kg)Dast & Siltab ko'tarish (kg)TotalRank123Rank123RankOlimpiada oʻyinlari2016-yil Rio de Janeiro, Braziliya48 kg8282846103106106―NM―2020-yil Tokyo, Yaponiya49 kg848789 2110115117 2202Jahon chempionati2017-yil Anaheim, AQSH48 kg838585210310710911942019-yil Pattaya, Tailand49 kg8487 NR895111114 NR1184201 NR4Milliy chempionatlar2020-yil Kolkata, Hindiston49 kg8588 NR90111115 NR117203 NROsiyo chempionatlari2019-yil Ningbo, Xitoy49 kg8386864109113115319942020-yil Toshkent, O'xbekiston49 kg8585864113117119 WR1205 NR3Hamdoʻstlik oʻyinlari2014-yil Glasgow48 kg727575292959821702018-yil Gold Coast, Avstraliya48 kg808486 NR103107110 NR196 NR2022-yil Birmingham, Angliya49 kg8488 NR90109113115201

Mukofotlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/32/The_President%2C_Shri_Ram_Nath_Kovind_presenting_the_Rajiv_Gandhi_Khel_Ratna_Award%2C_2018_to_Ms._S._Mirabai_Chanu_for_Weightlifting%2C_in_a_glittering_ceremony%2C_at_Rashtrapati_Bhavan%2C_in_New_Delhi_on_September_25%2C_2018.JPG/220px-thumbnail.jpg|thumb| Hindiston Prezidenti Rashtrapati Bxavan, Nyu-Dehlida Chanuga mayor Dhyan Chand Khel Ratna mukofotini topshirmoqda.

Milliy

Mayor Dhyan Chand Khel Ratna, Hindistonning eng yuqori sport sharafi (2018-yil) Padma Shri, Hindistonning toʻrtinchi oliy fuqarolik mukofoti (2018-yil)

Ommaviy madaniyatda Mirabai Chanu hayotiga asoslangan Shumang Leela, Mei Iklaba Thamoi deb nomlangan film 2021-yil 19-sentyabrda namoyish etilgan. Rejissyor Shougrakpam Hemanta tasvirga olgan. Seuti Films tomonidan Mirabai Chanu haqidagi biografik Manipuri badiiy filmi ham eʼlon qilgan. Film rejissyori OC Meira va ssenariy muallifi Manaobi MM hisoblanadi. Manbalar