Filipp Silven Senderos (;1985-yil 14-fevral, Jeneva shahrida tugʻilgan.) -shveytsariyalik futbolchi, himoyada oʻynagan. Shveysariya terma jamoasi oʻyinchisi. 2006, 2010 va 2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.
Biografiyasi
Jamoalardagi faoliyati Futbolchilik faoliyatini Shveysariyaning „Servett“ klubida boshlagan.
2002-yil dekabr oyida u Londonning „Arsenal“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. 2005-2006 yilgi oʻyin mavsumida Filipp „kanonirlar“ safidagi ilk gollarini „Vest Bromvich“ga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan va „Midlsbro“ga qarshi 7:0 hisobida gʻalaba qilgan.
2008-2009 yilgi mavsum boshlanishidan oldin Senderos Italiyaning "Milan" klubiga ijara asosida oʻtadi. Yangi klubga oʻtganidan soʻng toʻsatdan jarohat olgani sababli asosiy jamoaga kira olmadi. U „Milan“ safida debyutini UEFA kubogi uchun Portugaliyaning „Braga“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Umumiy hisobda Filipp „Arsenal“ga qaytgunga qadar italyanliklar safida 15 ta oʻyinda maydonga tushgan.
„Arsenal“ga qaytganidan soʻng, Senderos „kanonirlar“ uchun Liga kubogida 2 ta oʻyinda ishtirok etdi. 2010-yil yanvar oyida mavsum oxirigacha „Everton Liverpul“ jamoasida oʻynadi. Filipp Senderson „Everton“ tarkibida boʻlgan paytida „Uigan Atletik“ga qarshi debyut oʻtkazadi. Filipp „Everton“ safida 3 ta oʻyinda maydonga tushadi va oʻyin mavsumi oxirida „Arsenal“ga qaytadi.
2010-yil 8-iyun kuni „Arsenal“ni tekinga tark etgan Filipp Senderos „Fulxem“ bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.
2014-yil 31-yanvarda u Ispaniyaning „Valensiya“ klubi futbolchisiga aylandi.
2014-yilning 5-iyunida 2 yillik shartnoma asosida Birmingemning „Aston Villa“ klubi futbolchisiga aylandi.
2016-yilning 29-yanvarida u Grasshopper jamoasiga qoʻshilib, 6 oylik shartnoma imzoladi.
2016-yilning 31-avgustida sinovdan oʻtib, Shotlandiya Reynjers bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
2017-yil 7-avgustda Senderos MLSning „Xyuston Dinamo“ klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzadi. U Amerika ligasida debyutini 2017-yil 9-sentabrda Kolorado Rapidsga qarshi oʻyinda oʻtkazadi. 2018-yilning 3-martida mavsumning ochilish raundining "Atlanta Yunayted "ga qarshi o‘yinida u MLSdagi ilk golini urdi va haftaning ramziy terma jamoasiga kiritildi. 2018-yilning 7-iyulida " Minnesota Yunayted "ga qarshi o‘yinda u dubl qiladi va yana MLSda haftaning ramziy terma jamoasiga qoʻshiladi. 2018-yilgi mavsumda tizzasidan olgan jarohati tufayli 15 ta uchrashuvni oʻtkazib yuboradi. 2018-yilgi mavsum oxirida Senderosning „Xyuston Dinamo“ bilan shartnomasi yakuniga yetdi.
2019-yil 10-sentabrda Filipp Senderos Chiasso ga qo‘shildi. 2019-yil 16-dekabrda Filipp Senderos futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Jamoalardagi faoliyati Senderos 15 yoshdan Shveysariya terma jamoasining barcha yosh guruhlarida qatnashdi.
Asosiy terma jamoa uchun u 2005 yilning mart oyida Fransiya terma jamoasiga qarshi debyut qilgan. Shuningdek,2006, 2010 va 2014-yilgi jahon chempionati va Evro-2008 musobaqalarida ishtirok etgan.
Yutuqlar Arsenal
Angliya kubogi: 2005-yil Amirliklar kubogi: 2007-yil Amsterdam turniri: 2005, 2007 UEFA Chempionlar Ligasi: 2006(finalchi) Futbol Liga kubogi: 2007(finalchi) Angliya Superkubogi: 2005(finalchi)
Xyuston Dinamo
AQSh ochiq kubogi: 2018
Manbalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:14-fevralda tugʻilganlar