Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Chernogoriya sharafini xalqaro ayollar futbolida himoya qiladi. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilinganRed ladies defeated by Bosnia in a historic match . Pobjeda.

Tarixi Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilda Chernogoriya mustaqillikka erishganidan olti yil oʻtib tashkil etilgan. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyatini Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tashkil qiladi va boshqaradi. Jamoa Chernogoriyada ayollar futboli boʻyicha birinchi milliy musobaqa tashkil etilganidan toʻrt yil oʻtib tashkil etilgan. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiy Zoran Miyovich qoʻl ostida birinchi oʻyinini 2012-yilning 13-martida Barda shahrida Bosniya va Gersegovina ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan(2:3). Ikki kundan soʻng Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi birinchi durang qayd etdi(2:2)Red ladies defeated by Bosnia in a historic match . Pobjeda.

Chernogoriya 2013-yilning 4-aprelida 2015-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki oʻyinida Farer orollari bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Oradan ikki kun oʻtib, Chernogoriya Gruziya ayollar terma jamoasi ustidan gʻalaba qozondi (2:0).Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati (UEFA) saralash bosqichining soʻnggi bosqichiga turnirga chiqish huquqini bereadigan soʻnggi yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 2015-yilning aprel oyida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi yangi bosh murabbiy Dervis Hadziosmanovic qoʻl ostida jamoa tarixidagi eng yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi (safarda Shimoliy Makedoniya ayollar terma jamoasi ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonilgan).

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Evro-2017 saralashida ishtirok etdi, biroq birorta ochko ololmadi. Chernogoriya Ispaniya ayollar terma jamoasiga qarshi saralash o‘yinida jamoa tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qayd etdi (0:13).

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yil aprel oyida Jahon chempionati saralashida ikkinchi marta ishtirok etdi. Farer orollari mezbonlik qilgan 2019-yilgi jahon chempionati saralash turnirida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bir g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bilan uchinchi o‘rinni egalladi (gollar farqi ijobiy edi (8:6)). Lekin Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmadi.

Jamoa tasviri

Uy stadioni Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Gradski milliy stadionida yoki Mitar Mićo Goliš stadionida oʻtkazadi.

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi natijasi Quyida Chernogoriya ayollar terma jamoasining har bir raqib terma jamoasiga qarshi oʻyinlari roʻyxati keltirilgan. Raqib jamoaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatGollar farqiLyuksemburgJami

Murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi Lavozimi Ismi Man. Bosh murabbiy Mirko Marić Ikkinchi yordamchi murabbiy Ivan Tatar Yordamchi murabbiy Jadranka Pavićevich Darvozabonlar murabbiyi Fuad Osmanagich Doktor Marinko Pauovich Jismoniy terapevtlar Sanja JakichIvana Puxonja

Bosh murabbiylar tarixi Chernogoriya ayollar terma jamoasi tarixidagi birinchi bosh murabbiy Zoran Miyovic boʻlgan. U 2012-yildan 2014-yilgacha jamoani boshqargan. 2015-yil boshida Dervis Hadziosmanovic yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Bosh murabbiy Murabbiylik yillari Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 2012-2015-yillar 17 1 3 13 21 70 2015-2017-yillar 17 4 1 12 31 67Mirko Marić 2018 — hozirgi kungacha 24 4 3 17 20 60

Oʻyinchilar

Hozirgi tarkib 2021-yil 21 va 26-oktyabr kunlari Ozarbayjon va Daniya ayollar terma jamoalariga qarshi 2023-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida quyidagi futbolchilar Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Gollar va oʻyinlar statistikasi 2021-yil 26-oktabr holatiga ko‘ra berilgan.   

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari

Qalin yozilgan oʻyinchilar hali ham oʻz faoliyatini olib boradi (hech boʻlmaganda klub darajasida).

Eng koʻp maydonga ttushgan futbolchilar roʻyxati #FutbolchiFaoliyat yillariOʻtkazgan oʻyinlar1 Armisa Kuč 2012-hozirga qadar 582 Slađana Bulatović 2012-hozirga qadar 573 Jasna Đoković 2012-hozirga qadar 48 Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati #FutbolchiFaoliyat yillariGollarOʻtkazgan oʻyinlar1 Armisa Kuč 2012-hozirga qadar 21 582 Slađana Bulatović 2012-hozirga qadar 17 573 Marija Vukčević 2012-2020 12 31

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqaladagi natijasi Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilganidan buyon katta turnirlar uchun ikkita saralash bosqichida ishtirok etdi. Ikkala holatda ham Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralashdan oʻta olmadi.

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati +FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi Yil Bosqich Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar1991-yil terma jamoasining bir qismi edi terma jamoasining bir qismi edi1995-yil1999-yil2003-yil terma jamoasining bir qismi edi terma jamoasining bir qismi edi2007-yil Kiritilmadi Kiritilmadi2011-yil2015-yil Saralashdan oʻta olmadi 13 1 2 10 12 572019 3 1 0 2 8 62023-yil Aniqlanmoqda Aniqlanmoqda Jami0/8 16 2 2 12 20 63

UEFA ayollar chempionati +UEFA ayollar chempionatida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi Yil Bosqich Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar1984-yil terma jamoasining bir qismi edi terma jamoasining bir qismi edi1987-yil1989-yil1991-yil1993-yil1995-yil1997-yil2001-yil2005-yil terma jamoasining bir qismi edi terma jamoasining bir qismi edi2009-yil Kiritilmadi Kiritilmadi2013-yil2017-yil Saralashdan oʻta olmadi 8 0 0 8 2 512022 8 0 0 8 2 28 Jami0/13 16 0 0 16 4 79

Yana qarang Chernogoriyadagi sport Chernogoriya ayollar milliy futbol jamoasining rasmiy o‘yinlari ro‘yxati Chernogoriya ayollar ligasi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt FIFA profili

Turkum: Yevropa ayollar milliy assotsiatsiyasi futbol jamoalari