„Lovely Day“() — amerikalik soul va R&B qoʻshiqchisi Bill Withers ijrosidagi qoʻshiq. „Lovely Day“ qoʻshigʻi Whiters va Skip Scarborough tomonidan yozilgan. „Lovely Day“ qoʻshigʻi 1977-yil 21-dekabrda Whitersning „Menagerie“ albomida chiqarilgan.
„Lovely Day“ qoʻshigʻi Whitersning 18 soniya davomida kuylagan notasi bilan ajralib turadi.Bu nota Amerika pop musiqasi tarixida ijro etilgan eng uzun notalardan biri hisoblanadi. „Lovely Day“ qoʻshigʻi 2021-yilda Rolling Stone jurnalining „ Barcha zamonlarning eng yaxshi 500 ta qoʻshigʻi“ roʻyxatida 402-oʻrinni egalladi.
Tarixi 1977-yil oxirida sing sifatida chiqarilgan „Lovely Day“ qoʻshigʻi AQSHning "Billboard R&B" chartida 6-oʻrinni, 1978-yilda AQSHning "Billboard Hot 100" chartida 30-oʻrinni egalladiWhitburn, Joel (1996). The Billboard Book of Top 40 Hits, 6th Edition (Billboard Publications). Shuningdek, „Lovely Day“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniyaning "British single chart"ida eng yaxshi 10 ta xit qatoriga kirib, 7-oʻrinni egalladi.
„Lovely Day“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniya chartlarida kamida ikki marotaba yuqori oʻrinni egallagan. „Lovely Day“ qoʻshigʻining remiks versiyasi 1990-yillarning boshlarida efirda juda koʻp marotaba chiqarilgan. Natijada qoʻshiqning asl versiyasiga qiziqish ortib ketgan. 1995-yilda „Lovely Day“ qoʻshigʻi „Tetley“ choyi reklamalarida, 1999-yildaHype Williams rejissyorligidagi Gap reklama roligida va 2020-yilda „NFL Network Allstate“ telekompaniyasining „Good Morning Football“ nomli koʻrsatuvida namoyish etilgandan soʻng qoʻshiqqa jamoatchilikning qiziqishi yanada ortdi. 2021-yilning 20-yanvarida „Lovely Day“ qoʻshigʻi Demi Lovato ijrosida „Lin-Manuel Miranda“ guruhi va bir nechta oldingi tibbiyot xodimlarining vokallari yordamida COVID-19 pandemiyasi davrida Prezident Joe Bidenning inauguratsiyasidan keyin „Celebrating America“ deb nomlangan koʻngilochar koʻrsatuvning bir qismi sifatida namoyish etilgan.
Prodyuser Clarence McDonald „Lovely Day“ qoʻshigʻining 1977-yilgi original versiyasining aranjirovkasini qilgan va qoʻshiqning klavishli cholgʻu asobidagi qismini ijro etgan. Gitaralarni Ray Parker Jr., Jerry Knightlar chalishgan.Rus Kunkel esa baraban chalgan.
Tarkibi "Lovely Day" qoʻshigʻining oxirida Withers 18 soniya davomida notani ushlab turadi. Bu koʻrsatkich Qoʻshma Shtatlar „Top 40“ xitlari chartidagi eng uzun nota hisoblanadi.
Buyuk Britaniya charti tarixidagi eng uzun nota „Summer Moved On“ (2000) filmidagi Morten Harket ijrosidagi „A-ha“ning 20 soniyalik notasi hisoblanadi. Undan keyin „Sheriff“ guruhi aʼzosi Freddy Curcining 1983-yilda AQSHda xit boʻlgan „When I’m with You“ qoʻshigʻidagi 20 soniyalik notasi oʻrin olgan.
Xodimlar
Bill Withers — vokal Clarence McDonald — klaviashli cholgʻu asbobi Ray Parker Jr. — gitara Jerry Knight — bas gitara Russ Kunkel — baraban, shaker Ralph MacDonald — perkussiya Charles Veal — konsertmeyster
Chartlar Haftalik chartlar Chart (1977-78)OʻrinAvstriya (Ö3 Austria Top 40)18Belgiya (Ultratop)11Kanada(Canada Top Singles (RPM))23Kanada(Canada Adult Contemporary (RPM))44Fransiya (SNEP)1Niderlandiya (Dutch Top 40)24Niderlandiya (Single Top 100)24Buyuk Britaniya (UK Singles (OCC))7bAQSH (Billboard Hot 100)30AQSH (R&B Singles (Billboard))6AQSH (Easy Listening (Billboard))25AQSH (Cash Box Top 100)23
Chart (1987-88)OʻrinBuyuk Britaniya (UK Singles (OCC)) (remiks)4Buyuk Britaniya (UK Singles (OCC)) (original versiyasi)92
Yil chartlari Chart (1978)OʻrinKanada (RPM)173Buyuk Britaniya (UK Singles) (OCC)85AQSH (Billboard Hot 100)182
Chart (1988)Oʻrin Buyuk Britaniya(UK Singles) (OCC)38
Koverlar "Lovely Day" qoʻshigʻining Withers ijrosidagi original variantidan koʻplab koverlar ijro etilgan. „Lovely Day“ qoʻshigʻining koveri Buyuk Britaniyaning „Central Line“ guruhining 1983-yilgi „Choice“ nomli albomida paydo boʻldi. Bu kover Buyuk Britaniya „Singles Chart“ida 81-oʻrinni egalladi. Buyuk Britaniyaning Alt-J guruhi „Lovely Day“ qoʻshigʻi koverini oʻzlarining 2014-yilgi „This Is All Yours“ nomli albomida eʼlon qilishdi.
Yana qarang Birinchi raqamli raqs hitlari roʻyxati (AQSh) Birinchi raqamli raqs hitlari ro'yxati (Buyuk Britaniya)
Manbalar
Havolalar Disogs.com saytida Withers original musiqasi haqida maʼlumot 1988 „Sunshine Mix“ haqida maʼlumot discogs.com saytida
Turkum:1977-yil singllari Turkum:Qo'shiqlar