Tatyana Borisovna Yumasheva (; 1960-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Yelsin va Naina Yelsinaning kenja qizi. 2009-yildan beri Yumasheva Avstriya fuqarosi.

Hayoti va ta‘lim 1983-yilda MDUning hisoblash matematikasi va kibernetika fakultetini tamomlagan.  1994-yilgacha Tatyana Salyut konstruktorlik byurosida, keyinroq Xrunichev nomidagi davlat ilmiy-ishlab chiqarish kosmik markazida ishlagan.

Faoliyati 1996-yilda Yelsin uni oʻzining shaxsiy maslahatchisi qilgan vaqtda, uning saylov kampaniyasi sustlashgan edi. „The New York Times“ xabar qilganidek, Yelsin yozgan xotira kitobida 1996-yilda „Kommunistik partiyani taqiqlash, parlamentni tarqatib yuborish va prezidentlik saylovlarini keyinga qoldirish“ga qarshi maslahat bergani aytiladi. U, ayniqsa, Yelsin 1996-yil oxirida yurak jarrohligidan tuzalib ketishida katta taʼsir koʻrsatgan. U „Oila“ deb nomlanuvchi kichik maslahatchilar guruhining poydevorini qo‘ygan, ammo boshqalar (guruhdagi Aleksandr Voloshin va Valentin Yumashev) Yelsinning qarindoshlari boʻlmagan. Boris Berezovskiy va boshqa oligarxlar ham guruhga kiritilgan.

2000-yilda uning ismi korrupsiya boʻyicha tergov paytida tilga olingan, ammo hech qanday ayblov qoʻyilmagan. Tatyana Yelsinning vorisi Vladimir Putinning shtabida ham ishlagan va 2000-yilgi saylov kampaniyasi paytida Putinning asosiy maslahatchisi bo‘lgan, biroq Putin oʻsha yilning oxirida uni ishdan boʻshatdi.

Tatyana 2003-yilda 1996-yilgi kampaniyadagi AQSh siyosiy maslahatchilarining haqiqiy tajribalariga asoslangan „Spinning Boris“ satirik komediyasida tasvirlangan.

U va Yumashev otasining esdaliklarining soʻnggi jildini „Yarim tungi kundaliklar“ ni tayyorlashda tahririyatga yordam koʻrsatdilar.

2022-yil 25-fevralda Yumasheva 2022-yilgi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini tanqid qildi.

Shaxsiy hayoti Tatyana Yumasheva1987-yilda ishbilarmon Aleksey Dyachenko bilan turmush qurgan. Aleksey 2008-yildan beri Putin hukumati tomonidan tergov qilinayotgan Urals Energy kompaniyasining bosh direktori boʻlgan. 2001-yilda Tatyana 1997-1998-yillarda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maʼmuriyati rahbari boʻlgan jurnalist va siyosatchi Valentin Yumashevga turmushga chiqqanYeltsin Hunts for Fountain of Youth, THE MOSCOW TIMES | Article from The Moscow Times (Russia)] | HighBeam Research. Tatyana boshqa multimilliarder Roman Abramovichning yaqin doʻsti.

Yumasheva eri Valentin va qizi bilan birga 2009-yildan beri Avstriya fuqarosi.

Manbalar

Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:Ayollar