Dayro Mauricio Moreno Galindo () — kolumbiyalik futbolchi, „Oriente Petrolero“ jamoasi hujumchisi. Kolumbiya terma jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/86/D.Moreno.jpg/250px-D.Moreno.jpg|thumb|212x212px| Dayro Moreno „Tijuana“ bilan Dayro Moreno „Once Caldas“ klubi futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2003-yilda u Kolumbiya A seriyasida ilk jamoa safida debyut qildi. Oʻsha yili u Kolumbiya chempioni boʻldi, ammo uning gʻalabadagi hissasi minimal edi, chunki u asosiy jamoada futbolchi boʻlmagan. 2004-yilda Dayro Moreno oʻz klubi bilan Libertadores kubogi va Qitʼalararo kubokda gʻolib chiqdi. 2007-yil boshida u ijara asosida Braziliyaning „Athletico Paranaense“ jamoasiga oʻtdi. Yangi klubi uchun u 2 ta oʻyin oʻtkazdi va „Figueirense“ga qarshi oʻyinda gol urdi, shundan soʻng yana „Once Caldas“ga qaytdi.

2010-yilda Dayro Moreno „Once Caldas“ga qaytdi. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qildi. 25-mart kuni „Millonarios“ga qarshi oʻyinda u jamoada debyut qilgan hamda oʻsha oʻyinda u birinchi golni urgan. Vataniga qaytgach, Dayro Moreno gol urish mahoratiga qaytdi. Birinchi mavsumida u 20 ta gol urdi va jamoasiga chempion boʻlishiga yordam berdi.

2012-yilning yozida Dayro Moreno „Atlético Junior“ jamoasiga oʻtdi. 5-avgust kuni „Real Cartagena“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qildi. 12-avgust kuni „Deportivo Pasto“ga qarshi kechgan duelda Dayro Moreno oʻzining birinchi golini urdi.

2018-yilning 18-dekabrida Dayro Moreno ikki yil davomida Argentinaning „Talleres“ jamoasiga o‘tdi.

Xalqaro karyerasi 2006-yil 2-martda Venesuela terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Dayro Moreno Kolumbiya terma jamoasida debyut qildi. 2007-yil 20-noyabrda Dayro Moreno 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Argentinaga qarshi o‘yinda terma jamoadagi ilk golini urdi va bu o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Terma jamoa bilan 2011 yilgi Amerika kubogida qatnashgan. Turnirda u Kosta-Rika, Argentina, Boliviya va Peru terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

2016-yilning yozida Dayro Moreno AQSHda ikkinchi marta Amerika Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u AQSH, Peru va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi KlubMavsumLigaKubogKontinentalBoshqaJamiOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOnce Caldas2003120---1202004438-60-49820052712-4020331220063220-00-322020072216-00-2216201034200073004123201115500102002572012-I12361000018420201452000-165Jami21189812752025097Steaua Bucharest2007-20081150000001152008-20092750081003562009-20105210300092Jami431210111005513Steaua Bucharest II2009-20104222--64Tijuana2011-20121250000001252014-2015301030000033102015-2016342043000038232016-2017191200--1912Jami954773--10250Junior2012-II1661100001772013-I185110000196Jami341122--3613Millonarios2013-II24168500003221201421130000002113Jami45298500005334Umumiy karyerasida5252404221551362628276

Yutuqlari Jamoaviy yutuqlari

„Onse Caldas“

Futbol boʻyicha Kolumbiya chempionati — Apertura-2003 Futbol boʻyicha Kolumbiya chempionati — Final-2010 Libertadores kubogi gʻolibi-2004

Shaxsiy yutuqlari

Kolumbiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari (7) — 2007-yil finali Meksika chempionatining eng yaxshi toʻpurari — Apertura-2016

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar