Choy Hyun-Mi (1990-yil 7-noyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional bokschi. U ikki vazn toifasida jahon chempioni bo‘lib, 2014-yildan buyon ayollarning superog‘ir vazn toifasida WBA chempionlik unvoniga ega bo‘lgan. Undan oldin esa 2008 — 2013-yillarda WBA yo‘nalishi bo‘yicha ayollar chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. 2020-yil sentyabr holatiga ko‘ra, Hyun-Mi dunyoning eng yaxshi faol Ikkinchi yarim yengil vazn toifasidagi bokschi ayollar roʻyxatida The Ring jurnalida uchinchi va BoxRec vebsaytida to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.

Choy 18 yoshdaligida Shimoliy Koreya terma jamoasi tarkibida 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish taklif qilingan; natijada Xalqaro olimpiya qoʻmitasi ayollar boksini musobaqaga kiritishga qaror qilgan.

Professional sifatida faoliyati Choy 2006-yilda Janubiy Koreyada havaskorlar safiga qoʻshilgan va 2007-yilda professional bokschi boʻlishdan oldin 5 ta mahalliy chempionlikni qoʻlga kiritgan. Choy 2008-yil 11-oktyabrda xitoylik Xu Chun Yanni magʻlub etib, Jahon boks assotsiatsiyasining yarim yengil vazn (57,153 kg gacha boʻlgan (126 funt)) toifasida ayollar oʻrtasidagi chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Choy 2010-yil 23- va 30-yanvar kunlari Koreyaning mashhur Infinity Challenge estrada shousining epizodlarida ishtirok etdi va Tenku Tsubasaga qarshi oʻzining „WBA yarim yengil vazn toifasidagi ayollar“ (WBA Featherweight Women) unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Choy Hyun-Mi 2014-yilning 10-may kuni Tailandlik Kianpetch Superchempsni mag‘lub etib, Jahon boks assotsiatsiyasining super yengil vazn toifasida ayollar o‘rtasidagi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Professional boks rekordi NatijaRekordRaqibiTuriRaund, vaqtiSanaManzil19Gʻolib18-0-1 Calista SalgadoUD1018-dekabr, 202018Gʻolib17-0-1 Wakako FujiwaraUD1029-iyun, 201917Gʻolib16-0-1 Mayra Alejandra GomezUD1015-iyul, 201816Gʻolib15-0-1 Jessica GonzalezTD6 (10)18-noyabr, 201715Gʻolib14-0-1 Kimika MiyoshiUD1015-aprel, 201714Gʻolib13-0-1 Unathi MyekeniUD1016-may, 201613Gʻolib12-0-1 Diana AyalaUD1027-mart, 201612Gʻolib11-0-1 Siriwan ThongmanitKO3 (10)6-dekabr, 201511Gʻolib10-0-1 Chika MizutaniUD1023-may, 201510Gʻolib9-0-1 Keanpetch SuperchampsTKO8 (10)10-may, 20149Gʻolib8-0-1 Emiko RaikaUD1015-avgust, 20138Gʻolib7-0-1 Shannon OʻConnellUD105-may, 20137Gʻolib6-0-1 Rocio CastilloUD104-may, 20126Gʻolib5-0-1 Sainumdoi SuperchampsTKO5 (10), 17-dekabr, 20115Gʻolib4-0-1 Sandy TsagourisKO3 (10), 29-aprel, 20114Gʻolib3-0-1 Claudia Andrea LopezSD1030-aprel, 20103Gʻolib2-0-1 Tenku TsubasaUD1021-noyabr, 20091Gʻolib1-0 Xu Chun YanUD1011-oktyabr, 2008

Yana qarang

Ayol bokschilar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Korea Times, 10-12-2008 Choy Xyon-mi: N.Koreadan Boxing Glorygacha, The Chosun Ilbo, 29 dekabr, 2009-yil

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreya bokschilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar