Yuriy Ivanovich Kulakov (1936-yil 25-fevral, Qizil-Arvat) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovet va oʻzbek madaniyat va sport arbobi, voleybol boʻyicha Butunittifoq toifasidagi hakam, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi murabbiyi va oʻqituvchisi.

Tarjimai hol Yuriy Ivanovich Kulakov 1936-yil 25-fevralda Turkmanistonning Qizil-Arvat (hozirgi Serdar) shahrida tugʻilgan. 1954-yilda Qizil-Arvat shahar 5-sonli temir yoʻl maktabini tamomlagan. Oʻqishni bitirgandan keyin Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Institutda oʻqishni tamomlab, 1959-yilda Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika institutiga ishga yuborilib, ayni kungacha ushbu ta’lim maskanida faoliyat yuritib keladi.

Mehnat faoliyati

1959—1966-yillarda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi. 1966—1978-yillarda jismoniy tarbiya fakulteti dekani 1979-yildan universitet partiya qoʻmitasi kotibi 1979—1981-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Jismoniy tarbiya qoʻmitasi raisi. 1981—1983-yillarda Koraqalpogʻiston davlat universiteti sport kafedrasi mudiri 1983—1987-yillarda Koraqalpogʻiston davlat universiteti birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi. 1987—1988-yillarda Jismoniy tarbiya fakulteti dekani 1988—1991-yillarda universitet partiya qoʻmitasi kotibi 1991—1992-yillarda Koraqalpogʻiston davlat universitetining tarbiyaviy ishlar boʻyicha birinchi prorektori 1993—2007-yillarda “Jismoniy tarbiya” kafedrasi hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri. 1997-yil – hozirgi kungacha universitet sport klubi raisi

Darajalari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” (Birinchi mukofotlanganlar qatorida Yu.I.Kulakov, D. G.Lyan va A. Madaminovlar) unvoni beriladi 1976-yil — “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” unvoni beriladi (Qoraqalpogʻistondan birinchilardan boʻlib Yu. I. Kulakov, E. F.Chalova mukofotlanadi). 1974-yil — Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi va hozirgi kungacha yagona boʻlgan voleybol boʻyicha Butunittifoq toifali hakamlik unvoni beriladi. 1994-yil — Dosent ilmiy unvonini oladi.

Nashr etilgan kitoblari Kulakov sport va sportchilar toʻgʻrisida uchta kitob yozadi va chop etadi.

2010-yil — „Eng yaxshi“ taniqli sportchilar va murabbiylar R.K. (ISBN 978-9943-346-79-6) 2012-yil — “Qoraqalpogʻistonda voleybol” (qoraqalpoq va rus tillarida) 2014-yil — “Oʻzbekistonda voleybol”nomli birinchi kitob 1925—1991-yillarni qamrab oladi (V.F.Shveduks bilan hammualliflikda oʻzbek va rus tillarida)

Hakamlik faoliyati Yu.I.Kulakov umumittifoq toifali hakam sifatida voleybol musobaqalarini boshqargan.

Moskva shahridagi Butunjahon Universiadasi — 1973-yil Ittifoq maktab oʻquvchilarining spartakiadasi

Olmaota shahri, 1974-yil  Lvov shahri 1976-yil Toshkent shahri, 1978-yil Toshkent shahri, 1982-yil  

Voleybol boʻyicha ayollar jamoalari oʻrtasida Butunittifoq yoshlar oʻyinlari

Daugavpils shahri, Latviya, 1978-yil Daugavpils shahri, Latviya, 1982-yil

SSSR chempioni unvoni uchun Rossiya va Ukraina jamoalari oʻrtasidagi oʻyin (3:0). Birinchi hakamlik sifatida faoliyati.

Daugavpils shahri, Latviya, 1982-yil

SSSR xalqlari spartakiadasi - erkak jamoalari

Moskva shahri, 1975-yil Moskva shahri, 1979-yil

Yuqoridagi barcha musobaqalarda (Toshkent shahridan tashqari) Oʻzbekistondan yagona hakam Y.I.Kulakov boʻladi.

1962-1982 yillarda birinchi va oliy liga erkak va ayollar jamoalari oʻrtasidagi Ittifoq chempionatida hakamlik qiladi.

Sport faoliyati Qoraqalpogʻiston terma jamoasi tarkibida Oʻzbekiston SSR chempionatlarida ishtirok etgan.

1959-yildan—1972-yilgacha voleybol 1959-yildan—1967-yilgacha basketbol 1960-yildan — 1970-yilgacha futbol

Havolalar

O‘zbekiston sport faxriylari (otasining ismi notoʻgʻri)

Turkum:Qoraqalpogʻiston kishilari Turkum:Oʻzbekiston murabbiylari Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari