„Doʻst“ — oʻzbek teleboshlovchisi hamda xonandasi Sardor Rahimxon ijro etgan qoʻshiq. 2014-yil eʼlon qilingan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Drug“ () nomi bilan ijro etgan. 2017-yilda dogʻistonlik bokschi Rasul Albasxanov „Drug“ qoʻshigʻi ostida ringga chiqqan. Shuningdek, Rahimxon qoʻshiqni tojik tilida ham ijro qilgan.

„Doʻst“ qoʻshigʻi fa-diyez minor tonalligida kuylangan. Tarona akustik gitaralar bilan ijro etilgan.

2018-yilda Rahimxon litsenziyasidan mahrum boʻlib, sanʼatni tark etganini eʼlon qilganidan keyin „Doʻst“ qoʻshigʻi ijrolari uning YouTube kanalidan oʻchirilgan.

Oʻzbekcha tabloidlarda Rahimxon „Doʻst“ qoʻshigʻini xonanda Ulugʻbek Rahmatullayevga atab yozgani haqidagi mish-mishlar tarqatilgan. Rahimxonning oʻzi bergan intervyularidan birida buni rad etgan.

Manbalar

Havolalar

„Doʻst“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Doʻst“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida

Turkum:Sardor Rahimxon qoʻshiqlari Turkum:2014-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar