Shuxrat Gafurovich Bafayev (1963-yil 19-iyunda tugʻilgan, Gʻijduvon, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek huquqshunosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Tarjimai holi Shuhrat Bafoyev 1963-yil 19-iyunda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1986-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 1995-2006-yillarda Sirdaryo davlat pedagogika institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

2005-2014-yillarda „Advokat“ firmasi huquqshunosi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Buxoro viloyati axborot-tahlil markazi rahbari boʻlgan.

2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar