Jonathan Klinsmann () 1997-yil 8-aprelda Germaniyaning Myunxen shahrida (Bavariya) tavallud topgan. Amerikalik futbolchi „Los Angeles Galaxy“ klubi va 23 yoshgacha boʻlgan AQSh terma jamoasi darvozaboni.

Jonathan Klinsmann mashhur nemis futbolchisi va murabbiyi Yurgen Klinsmanning oʻgʻli.

Jamoalardagi faoliyati 2015-2016-yillarda Jonathan Klinsmann Berklidagi Kaliforniya universitetida tahsil olgan va universitet futbol jamoasida o‘ynagan.

2017-yilning yozida Jonathan Klinsmann „Gerta Berlin“ bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilning 7-dekabr kuni Yevropa ligasi doirasida Shvetsiyaning „Östersund“ jamoasiga qarshi o‘yinda Jonathan Klinsmann asosiy jamoada debyut qildi. 2018/19-yilgi mavsum tugaganidan soʻng „Gerta“ Jonathan Klinsmanning shartnomasini uzaytirmadi.

2019-yil 18-iyun kuni Jonathan Klinsmann Shveysariyaning „Sent-Gallen“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U 17-avgust kuni Shveysariya kubogi doirasida Montrö bilan oʻyinda „Sent-Gallen“ safida debyut qildi.

2020-yil 20-avgustda Jonathan Klinsmann „Los Angeles Galaxy“ga koʻchib oʻtdi. U MLSdagi debyutini 14-oktabr kuni „San Jose Earthquakes“ga qarshi o‘tkazdi, bu o‘yinda u 7 ta seyv amalga oshirdi va darvozaga 19 ta zarbadan to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.

Xalqaro karyerasi 2017-yilda Jonathan Klinsmann AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Kosta-Rikada boʻlib oʻtgan KONKAKAF yoshlar chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Panama, Gaiti, Meksika, Salvador va Gonduras jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Musobaqa natijalariga koʻra, Jonathan Klinsmann turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Oʻsha yili Jonathan Klinsmann Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Ekvador, Senegal, Saudiya Arabistoni, Yangi Zelandiya va Venesuela jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHertha de Berlín II2017-18100——1002018-19140——140Jami2400000240Hertha de Berlín2017-1800001010Jami00001010F. C. St. Gallen2019-200020—20Jami00200020Los Angeles Galaxy202040――40202130――30Jami70000070Los Angeles Galaxy II202130――30Jami30000030Umumiy karyerasida3402010370

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar